SULTON MIRHAYDAR MAJMUASI

SULTON MIRHAYDAR MAJMUASI — Kasbidagi meʼmoriy yodgorlik (11 —16-a. lar). Saidlar avlodidan boʻlgan Mirhaydar nomi bilan bogʻliq. Majmua (90×40 m) yopiq va yarim ochiq binolar, 3 hovlidan iborat. Keng sahnli jan. hovlidan qator ustunli masjidga (6-a. da bunyod etilgan) kirib, undan oʻrtadagi hovliga oʻtiladi. Hovlining shim. va sharqiy tomonidan qad. maqbaralar, jan. va gʻarbiy tomonida ayvon (16-a.) joylashgan. Ayvon (11,6×6,6 m) ning gʻarbiy devori yoqalab oʻtgan yoʻl shim. hovliga olib boradi. Hovlida 14— 16-a. larga oid marmar sagʻanalar bor. Maqbaralar 3 xonadan iborat. Xonalar chor qirrali taxmon va ravoqlarga ajratilgan. Devorlaridagi kichik mehrobiy 3 tokcha oraligʻida chiroklar uchun tutun yoʻli ishlangan. Ravoqlarning burchak bagʻallari mayda muqarnaslar bilan bezatilgan. 1maqbara (3,3×3,3 m)da Said amir Shamsiddinbek alhoji Haydar sagʻanasi saqlangan. Sagʻana toʻq kulrang marmardan ishlangan. Unda 897 hijriy (1491 milodiy) yil qayd etilgan. 2maqbara (5×5 m)da shaxsi nomaʼlum 3 ta sagʻana bor. Maqbara gumbazli, burchaklariga 5 qirrali gʻishtin muqarnaslar terilgan. Oʻrtadagi hovlining sharkay tomonida alohida qurilgan Axliboy maqbarasi (4,4×4,4 m) ham 14-a. ga oid deb taxm. qilinadi. Masjidnamozgoh (20×9,6 m) jan. dan makbara bostirmasiga tutashgan. Undagi bezaklar 13—19-a. larga onddir. Masjidning oʻrta qismi keng qator ustunli, bosh tarzi yassi peshtoqli, pastak gumbazli qalqonsimon bagʻallarga tayangan. Devoridagi tokcha burchaklari ravoqli, qirrali qilib bezatilgan. Masjid oldidagi minora (bal. 8,5 m) eski binolar gʻishtidan qurilgan (19 a. oxiri — 20-a. boshlari), koʻrinishi pastdan yuqoriga qarab ingichkalashib borgan, tepasi mezanali. Pastki kismi bir necha bor taʼmirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x