SULTON AHMAD MIRZO

SULTON AHMAD MIRZO (1451, Samarqand — 1494, Oqsuv mavzesi, Uratepa) — Samarqand hokimi (1469—94). Temuriylarayam. Abu Sayd Mirzoning katta oʻgʻli. Onasi — Oʻrda Bugʻa Tarxonning qizi. Otasi unga Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimligini bergan. Keyinchalik Toshkent, Shoxruxiya va Sayramni oʻz tasarrufiga kiritgan. Toshkent va Sayramni ukasi Umar Shayx Mirzoga topshirgan. Xoʻjand bilan Oʻratepa ham bir necha muddat uning tasarrufida boʻlgan. 1493-y. S. A. M. kuyovi, Toshkent xoni Sulton Mahmudxon bilan ittifoq tuzib Andijonga — Umar Shayx Mirzoga karshi yurish boshlaydi, ular Andijon, Axsi va Margʻilonni qamal qiladilar. Shu paytda Axsida Umar Shayx Mirzo toʻsatdan vafot etib, taxtga 12 yoshli Bobur oʻtirgan. Bek va amirlar xalqni dushmanga karshi safarbar etadilar. Sulton Mahmudxon Toshkentga qaytib ketgan. S. A. M. Boburga Fargʻona hukmronligini «inʼom» etib Samarqandga qaytgan, biroq Oʻratepaga yetganda vafot etgan. S. A. M. Movarounnahrda nufuzi nihoyatda baland boʻlgan Xoja Ahrorni oʻziga pir tutgan. Oysha Sulton begim va Maʼsuma Sulton begim ismli qizlari Boburning xotinlari boʻlgan.

Ad.: Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995; M ugʻam madjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1994.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x