SULDUZ, suldus — turklashgan moʻgʻul qabilalardan biri. Sulduz larning katta bir guruhi Chingizxon qoʻshini tarkibida Dashti Qipchoq va qisman hoz. Oʻzbekiston hududi hamda Afgʻonistonning shim. ga kelib joylashgan, keyinchalik Ozarbayjon, Eronga ham oʻtishgan. Toyjuvutlar qabilasi bilan urushganda katta yordam berganlari tufayli Chingizxon saroyidagi eng nufuzli amirlar Sulduz lardan boʻlgan. Ular Moʻgullar davlati tarkibidagi Movarounnahr, Moʻgʻuliston, Xitoy va Eronda xizmat qilishgan. Qoʻngʻirotlar amiri Qozogʻon (1346—58) vafotidan soʻng amir Bayon Sulduz bir necha yil Samarqandda hokimlik qilgan, Balx viloyatining bir qismiga Sulduz larning qabila boshligʻi Oʻljoy bugʻo S. rahbarlik qilgan. Sulduzlar Amir Temur va temuriylar davrida ham nufuzga ega boʻlishgan. Keyinchalik Sulduzlar Shayboniyxon xizmatiga oʻtadilar. Tojikistonning Baljuvon bekligida Sulduz bolo va Sulduz poyon qishloqlari boʻlgan. Sulduz nomi oʻzbek qabilalari roʻyxatiga kiritilgan oʻrta asr manbalarida uchraydi. 16—17-a. larda Slar oʻtroklashib, mahalliy xalqdar tarkibiga singib ketgan. Ammo 20-a. ning boshlarida oʻzbek urugʻkabilalari orasida S nomi uchramaydi. Chunki bu davrda Sulduzlar Oʻrta Osiyo va Afganistan aholisiga batamom qorishib ketishgan.
Ad.:Karmisheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnыx rayonov Tadjikistana i Oʻzbekistana, M., 1976.
Ochil Boʻriyev.