Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Xudbinlik, odobsizlik yoyilgan zamonda odob bilan muomala qilish eʼtiborni tortadigan narsaga aylanib qoldi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Sizlarga shunday zamon keladiki, u paytda keksalaringiz gunoh qiluvchi, olimlaringiz munofiq, kichiklaringiz kattalarni hurmat qilmaydigan, boylaringiz faqirlarga yordam bermaydigan boʻladi.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu
*****
Adolat davomli boʻlsa, hamma joyning obod boʻlishiga sabab boʻladi.
Zulm davom etsa, hamma joyning xarob boʻlishiga sabab boʻladi.
Ibn Xaldun rahimahulloh
*****
Odamlarga gaplaring bilan emas, amaling bilan nasihat qil.
Hasan Basriy rahimahulloh
*****
Odamlar sizni kechirishaveradi-kechirishaveradi. Shu shart bilanki, siz puldor, mol-davlatli kimsa boʻlishingiz kerak.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Insonlar bilan boʻladigan aloqalardagi eng katta muammolardan biri – biz suhbatdoshimizni tushunish maqsadida emas, unga javob qaytarish maqsadida jim turib eshitamiz.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar mening fikrlashim va uslubim sizga yoqmasa, shuni bilingki, men sizning qiziqishingizni uygʻotaman degan maqsadda uyqudan turganimni hech eslolmayman.
Uill Smit
*****
Suhbat aqlning qandayligini koʻrsatsa, gʻazab axloqning qandayligini koʻrsatadi.
“Odob va hikmat durdonalari”
*****
Ehtirom muhabbatdan minglab millar oldinga oʻtib ketgan.
“Odob va hikmat durdonalari”
*****
Aql kabi boylik, johillik kabi faqirlik, odob kabi meros yoʻq.
“Odob va hikmat durdonalari”
*****
Odamlar boshqalar ustidan hukm chiqarishga shoshiladilar, lekin oʻzlarini tuzatishga shoshilmaydilar.
“Odob va hikmat durdonalari”
*****
Erkak xato qilganda, ayol xafa boʻladi, erkak uzr soʻraydi.
Ayol hato qilganda, erkak gʻazablanadi, ayol yigʻlaydi, erkak yana uzr soʻraydi.
Mark Tven
*****
Saodat – his-tuygʻudir. Lekin baʼzi vaqtlarda u shaxs boʻladi.
“Odob va hikmat durdonalari”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/suhbat-aqlning-qandayligini-korsatsa-gazab-axloqning-qandayligini-korsatadi/