SUGʻURLAR

SUGʻURLAR (Narmota) — tiyinlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. 15 turi bor. Tanasining uz. 60 sm cha, dumi 20 sm cha, ogʻirligi 2,5—9 kg. Boʻyni kalta, koʻzi katta, quloq suprasi kichik. Junlari kalin va uzun. Yevrosiyo va Shim Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun dumli (kizil) Sugʻurlar va koʻk Sugʻurlar uchraydi. Togʻ xamda pasttekisliklardagi oʻtloklarda yashaydi. 1 — 6 ta kirishchikish teshikli murakkab uyalar (3 m cha chukurlikda, 8 m cha uzunlikda) qaziydi. Qishda uyquga kiradi. Oila boʻlib hayot kechiradi. Koloniya xreil qiladi. May oyida bolalaydi. Bolalari iyun—iyul oylarida uyasidan chiqadi. 2 yidda jinsiy voyaga yetadi. Har xil oʻtlar (asosan, boshokli), baʼzan chuvalchang, mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yogʻi va moʻynasi uchun ovlanadi. Koʻk Sugʻurlar Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi roʻyxatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x