SUGʻORMA DEHQONCHILIK, obikor deqqonchilik — qishloq xoʻjaligi. ekinlarini sugʻorib yetishtirish. Choʻl, chala choʻl va qurgʻoqchil zonalarda, shuningdek, vegetatsiya davrining ayrim bosqichlari nam bilan yetarli taʼminlanmagan hududlarda vujudga kelgan. Dehqonchiliknpng eng intensiv turlaridan biri. Sugʻorma dehqonchilik ekinlardan eng yuqori va barqaror xrsil yetishtirishni taʼminlaydi, lalmikor dehqonchilikka nisbatan 8—10-marta koʻproq hosil beradi. Bunday sharoitlarda yerdan samarali foydalanish, takroriy va qoʻshimcha ekinlar ekish mumkin.
Sugʻorma dehqonchilik neolit davridan beri maʼlum. Issiq va quruq oʻlkalarda, mas, Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Misrda har yili daryolar toshib suv bosadigan yerlarda dehqonchilik madaniyatining dastlabki oʻchoklari paydo boʻldi (q. Liman usulida sugʻorish). Ekin suv qaytganidan keyin qolgan loyqaga ekilgan. Sugʻorma dehqonchilikning ibtidoiy shakli — motiga (dastaki soʻqa) dehqonchiligi ana shunday vujudga kelgan. Yirik sugʻorish kanallarini barpo etish quldorlik jamiyatida boshlanadi. Meksikada sugʻorishning boshqa bir usuli — yerni suvga yaqinlashtirish qoʻllanilgan: oʻsimlik tuproq solingan maxsus sol (chinampa)da oʻstirilgan.
Koʻpchilik mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar jami ekin maydonlarining 1 — 15% (AQSH, Meksika, Italiya, Fransiya, Ruminiya, Polsha va b.), bir kagor mamlakatlarda yarmi yoki undan koʻprogʻini tashkil etadi (Afgʻoniston, VSR, Eron va b.); ayrim mamlakatlarda esa faqat sugʻorib (Misr, Saudiya Arabistoni, Ummon va b.) dehqonchilik qilinadi. Sugʻorma dehqonchilik (mln. ga; 1999) Hindiston (59), Xitoy (52,5), AQSH (21,4), Rossiya (4,6), Oʻzbekiston (4,3), Ispaniya (3,6), Ukraina (2,5) mamlakatlarida jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, Sugʻorma dehqonchilik Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya singari namlik yetarli va hatto ortiqcha boʻlgan mamlakatlarda ham rivojlanmoqsa.
Sugʻorma sharoitlarda asosan don (sholi, bugʻdoy, makkajoʻxori, tariq, joʻxori, dukkakli don), texnika ekinlari (gʻoʻza, kanop, zigʻir, shakarqamish, va b.), yem-xashak, sabzavot, meva va rezavor mevalar oʻstiriladi.
Sugʻorma dehqonchilikni olib borish uchun sugʻorish sistemalari barpo qilinadi. Ekinlar tarkibi qatʼiy ixtisoslashadi. Almashlab ekmshda yetakchi ekin koʻproq ekiladi. Sugʻoriladigan ekinlarni parvarish qilish texnologiyasida ikdim va tuproq sharoitlari, ekinning xususiyati va navi bilan bogʻliq boʻlgan suv berish muddatlari va normalarini toʻgʻri belgilash katta ahamiyatga ega. Sugʻorma dehqonchilikda tuproqni ishlash; asosiy (kapital) va joriy (ekspluatatsiyey) tekislash — sugʻoriladigan maydon boʻylab suvning ravon oqishini taʼminlash uchun yer yuzasini tekislash; 30—35 sm chuq. da shudgorlash va yerga ekishdan oldin ishlov berish (boronalash, chizellash va b.); dalani takroriy ekish uchun tayyorlash; butun vegetatsiya davomida ekin qator oralariga ishlov berish (chopiqtalab ekinlar maydonlarida har bir sugʻorishdan keyin tuproqni yumshatish); muvaqqat sugʻorish shoxobchalarini, oʻqariq va dahanalarni tekislash va b. ishlar bajariladi. Sugʻorma dehqonchilik oʻgʻitlar samaradorligini oshirishga qulay sharoitlar yaratadi. Sugʻorishda oʻgʻitlar tezroq oʻzlashtiriladi va ekinlar ulardan toʻlaroq foydalaniladi, Sugʻorma dehqonchilikda mineral oʻgʻitlar solish miqdori koʻpaytiriladi (odatda 30—50% gacha). Shuningdek, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavotlar, meva daraxtlari maydonlariga goʻng (20—40 t/ga) solinadi, koʻkat oʻgʻitpar hami qoʻllaniladi.
Oʻrta Osiyodagi sugʻoriladigan yerlarda, asosan, gʻalla, gʻoʻza va almashlab ekishda ularga yoʻldosh ekinlar (beda, makkajoʻxori, yem-xashak ekinlari, joʻxori va b.), shuningdek, sabzavotpoliz ekinlari, meva daraxtlari, tok, sholi, qand lavlagi, tamaki va b. ekiladi.
Ad.: Ermagov A. Q., Sugʻoriladigan dehqonchilik, T., 1983; Abdugʻaniyev A. A., Povoʻsheniye ekonomicheskoy effektivnosti ispolzovaniya oroshayemoʻx zemel v Oʻzbekistane, T., 1983.
Sulton Xolnazarov.