SUGʻDIYLAR

SUGʻDIYLAR, sugʻdlar — Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasining qad. aholisi. Bu mintakdsa Sugʻdiylar etnik uyushma sifatida mil. av. 12—11-a. larda paydo boʻlgan. Avesto kitobida Gava nomli yurtda Sugʻdiylar yashaydi deb koʻrsatilgan («Videvdat», I fragard). Axomaniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram satraplik aholisi Sugʻdiylar boʻlgan.

Sugʻdiylar har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muqim rol oʻynagan. Mil. av. 8—7-a. larda Koʻktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon sh. xarobalari oʻrnida boʻlgan qad. shaharlar Sugʻd xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi.

S uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida boʻlib kelganlar. Jumladan, axomaniylar, yunonlar, kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk xoqonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar.

Mil. av. 2—1-a. lardan boshlab Sugʻdiylar oʻz hududlarida yangi konfederatov davlat tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchiligida Kesh, Buxoro, (NaxshabNasaf) kabilar edi. Ayni shu davrdan umumsugʻd alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning koʻplab yodgorliklari bizgacha yetib kelgan.

Sugʻdiylar Buyuk ipak yoʻli xalqaro munosabatlarda katta nufuzga ega edilar. Sugʻd tili xalqaro til darajasiga koʻtarilgan. Sugʻd yozuvi esa, qad. turkiyruniy, uygʻurturkiy, moʻgʻul, manjur va b. Sharq yozuvlariga grafik asos boʻlib xizmat qilgan. Sugʻdiylar oʻz yozma yodgorliklarida xalq sifatida «Sgʻudik nob» «Sugʻd xalqi» deb atalgan.

S. Sharqiy Turkistonga savdo bilan kelib, Buyuk ipak yoʻlidagi shahar va qishloqlarda, 4—5-a. lar davomida (balki oldinroq) shu yerlarda qolib yashaganlar. Bu yerdagi viloyatlarning koʻpchilitida savdosotiq ishlari Sugʻdiylarning qoʻlida boʻlgan. Dunxuan va Guanchjou viloyatlarining hokimi maʼlum vaqtlargacha Sdan boʻlgan. 6—8-a. lar davomida bularning ham koʻpchiligi turkiylashib ketgan.

Ad.: Isʼhoqov M ., Sugʻdiyonatarixi chorrahasida, T., 1990; Isʼhoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992; Sogdiyskiye dokumentoʻ s goroʻ Mug, voʻp. 1—3, M., 196263.

Mirsodiq Isʼhoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x