SUD-TIBBIYOT EKSPERTIZASI

SUD-TIBBIYOT EKSPERTIZASIsud ekspertizasi turlaridan biri; jinoiy yoki fuqaroviy ishlarni olib borayotganda tibbiy masalalarni mutaxassislar tomonidan oʻrganilishidan iborat. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash va bajarish tartibi protsessual kodekslar bilan belgilanadi. Qonunlar oʻlim sabablarini; tanaga yetkazilgan jarohatlarning qay tarzdaligi yoki ogʻirengilligini; ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi, jabrlanuvchining yoshini aniqlash, shuningdek, jabrlanuvchining jinsiy balogʻat yoshini bilish uchun, albatta, Sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazilishi kerakligini nazarda tutadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini sud ekspertiza muassasalari amalga oshiradi. Kerakli tekshirishlar oʻtkazib boʻlingach, ekspert xulosa yozadi, uni hujjat sifatida rasmiylashtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x