SUD FOTOGRAFIYASI

SUD FOTOGRAFIYASI — kriminalistik suratga olish metodlari va texnik vositalari tizimi. Tergov, tezkorqidiruv tadbirlari va ekspertiza oʻtkazilayotganda qoʻllaniladi. Sud fotografiyasiga voqea yuz bergan yoki tintuv oʻtkazilgan joylar, ashyoviy dalillar, jinoyat izlari, qurollari va b. ni suratga olish kiradi. Sud fotografiyasi dalillarni tasvirlash va tekshirish uchun xizmat kiladi. Tasvirlovchi Sud fotografiyasiga oʻlchovli (masshtabli, stereofotografik), makrosyomka (kichik obyekt va izlarning suratlari), tanib olishga moʻljallangan (yuzni odd va yon tomondan eks ettirish), reproduksiyaviy (hujjatlar nusxasi) va b. turdagi suratlar kiradi. Tekshiruv Sud fotografiyasiga infrakizil, ultrabinafsha, rentgen, gamma nurlar, mikrofotografiya, golografiya, rang ajratkichlar yordamida olinadigan fotosuratlar kiradi. Sud fotografiyasi suratlaridan dalil sifatida foydalaniladi. Ular tergov harakatlari bayonnomasiga yoki ekspert xulosasiga ilova qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x