SUBTROPIK MINTAQALAR

SUBTROPIK MINTAQALAR — Yerning har ikki yarim sharidagi geografik mintaqalar, 30° va 40° kengliklar orasida joylashgan. Sovuq oyning oʻrtacha t-rasi 0° dan yuqori. Subtropik mintaqalarda yil boʻyi oʻsimliklar vegetatsiyasi davom etadi. Yoz bilan qishning havo t-rasi katta farq qiladi. Yozda tropik, qishda moʻtadil havo massalari hukmron. Dengiz boʻyidan quruqlik ichiga kirib borgan sari yogʻin mikdori kamayib, iqlim kontinentallashib boradi. Subtropik iqlimning 2 turi: materik subtropik iqlim va okean subtropik iqlim mavjud. Materik subtropik iqlimda yoz issiq va quruq, qish beqaror, nisbatan sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 24—30°, yanv. da 0 — 4° boʻladi. Yogʻin 300—500 mm, togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻrilarida 800—1000 mm. Okean subtropik iqlimga havo t-rasining yil davomida keskin oʻzgarmasligi, yozda ancha past (20° atrofida), qishda iliq (12° chamasida) tra boʻlishi xos. Sm. da tuproq, asosan, qizil hamda kulrangjigarrang, sariqqoʻngʻir tuproklar. Oʻsimlik dunyosi xilmaxil. Choʻl va chala choʻllardan doim yashil oʻrmonlargacha mavjud. Har bir materikda Sm. ning 3 asosiy — gʻarbiy okean boʻyi yoki oʻrta dengiz boʻyi, kontinental va sharqiy okean boʻyi sektorlari ajratiladi. Kontinental Sm. materikning ichki qismlariga xos. Ularda yogʻin kam (200—400 mm), yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0—4°, obhavo beqaror. Yoz issiq va quruq (28—30°). Yozda issiq 50° ga yetgani va qishda sovuq —10° dan past boʻlgani qayd etilgan. Yogin qish va bahorda yogʻadi. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatining Termiz va Denov tumanlari shu mintaqada joylashgan. Asosan, choʻl va chala choʻl zonasiga kiradi. Su v bor yerlar oʻzlashtirilib, vohalarga aylantirilgan. Issiqsevar oʻsimliklar, jumladan, magnoliya, palma daraxti ekiladi, ingichka tolali paxta, shakarqamash, subtropik mevalar (limon, xurmo, apelsin va b.) yetishtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x