✅ SUBSIDIYA lotincha. subsidium — yordam, nafaqa, qo‘llab-quvvatlash degan ma’noni anglatadi.
✅ SUBSIDIYA—davlat budjeti, mahalliy budjetlar mablag‘lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablag‘i yoki natura shaklidagi yordam xisoblanadi.
✅ Subsidiya davlat tomonidan QAYTARIB OLMASLIK SHARTI BILAN ajratiladi.
✏️ Subsidiya bu kredit xam, qarz xam emas. Ya’ni, sizga subsidiya berilsa ertaga kimdir ey Janob Rasul yoki yey Qulpinsa, qaytar xalegi subsidiyani deb aytmaydi. Shuning uchun subsidiya berilarkan desa qo‘shnilarga aytmasdan indamay borib, qo‘rqmay navbatga yozilavering…