SUBSIDIYA (lot. subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, maqalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natura shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli Subsidiyalar 6evosita S, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita Subsidiya deb ataladi. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va b. maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga Subsidiya berib, tovarlarni saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham Subsidiya oladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые