SUBHONIY — xalq, seleksiyasida chiqarilgan ertapishar serhosil mahalliy oʻrik navi. Daraxti kuchli usadi. Shoxshabbasi keng yoyilib usadi, 25 — 30 yoshli daraxtining bal. 12 m ga boradi. Mevasi yirik, 40—50 g. Pusti tigʻiz, eti toʻq sariq, taʼmi nordonshirin, xushxur. Mevasi tarkibida 14 — 18% kand, 0,6— 1,2% kislota,, 20—25,7% quruq modsa, 23,8—26 mg% vitamin S bor, danagidan oson ajraladi. Danagi yirik (3 g gacha), magʻzi shirin. Pishgan, lekin terib olinmagan mevasi toʻkilmay daraxtning uzida turshakka aylanadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 8—9yili hosilga kiradi, mevasi iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. 1520 yoshida tupidan 200—400 kg hosil olinadi, yaxshi parvarish kilinganda daraxti 50 — 60 y. meva beradi. Nam yetarli yerlarda moʻl hosil qiladi. Mevasidan yuqori sifatli bargak olinadi (26% bargak tushadi), kompot, murabbo pishiriladi. Kasalliklarga chidamli nav. Asosan, Toshkent viloyati, Fargʻona vodiysida ekiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые