SUAXILI, savohiliy (arab. — sohil soʻzidan) — bantu guruhiga mansub xalq. Tanzaniya (2060 ming kishi), Mozambik, Kongo Demokratik Respublikasi va b. da yashaydi. Umumiy soni 2,4 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari). Suaxili shilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. «Suaxili» nomi 12-a. dan maʼlum. Suaxililar etnogenezida Sharqiy Afrikaning sohillari hamda Zanzibar va b. orollarda yashagan mahalliy bantu qabilalari, milodning boshlaridan bu yerlarga kela boshlagan hindlar, arablar va forelar, shuningdek, arablar tomonidan Afrikaning ichki r-nlaridan qul qilib keltirilgan turli qabilalar qatnashgan. Oʻrta asrlarda Suaxili larning Kilva, Pate, Malindi kabi shahardavlatlari mavjud boʻlgan. Suaxililar, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, hunarmandchilik, kemasozlik bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые