Stressdan qanday xalos boʻlish mumkin?
✍️ Shifokor Hilola Jumayeva:
✅ Bugungi kunda stress barchamizni deyarli har doim bezovta qiladi. Shu sababli stressga nisbatan chidamlilikni oshirish organizm uchun ham foydali boʻlib, turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Buning uchun:
🔻Oʻpkangizni toʻldirib chuqur nafas oling;
🔻Yoqimli musiqa tinglang yoki sevimli mashgʻulotingiz bilan shugʻullaning;
🔻Sevimli filmingizni tomosha qiling;
🔻Qahva iching;
🔻Shokolad yoki sevimli shirinligingizni isteʼmol qiling;
🔻Toza havoda sayr qiling;
🔻Turli iforli, tinchlantiruvchi choy (moychechakli, lavanda, yalpizli va koʻk choy)iching;
🔻Kontrast vanna qabul qiling va miriqib uxlang.
🔹Ushbu tavsiyalar muammolarni yechishga yordam bermasa-da, stressni bartaraf etishga yordam beradi. Bu esa toʻgʻri va sogʻlom fikrlashga olib keladi.
Manba (https://t.me/soglomhayotuz/3072)