Streptomitsinretsept bilan

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, holsizlik, pereferik nevrit, yuz nervining nevriti (yuz sohasi va og‘iz bo‘shlig‘ida achishish, uvishish, sanchish sezish), kam-miorelaksantlar bilan bir vaqtda yuborilganida nerv-mushak blokadasi (nafasni qiyinlashishi, tungi apnoe, nafasni to‘xtash), neyrotoksik ta’siri (mushaklarni tortishishi, paresteziyalar, tutqanoq xurujlari).

Sezgi a’zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishni yo‘qolishi, shang‘illash, quloqlarni shang‘illashi yoki “bitib qolishi” tuyg‘usi, qaytmas karlikkacha eshitishni pasayishi), vestibulyar va labirint buzilishlari (koordinatsiyani buzilishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, barqarorlikni yo‘qolishi).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik (siydik chiqarilishini sezilarli darajada ko‘payishi yoki kamayishi, oliguriya, poliuriya, chanqoqlik, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, jigar faoliyatini buzilishi (“jigar” transaminazalari faolligini orshishi, giperbilirubinemiya).

Allergik reaktsiyalar: qichishish, teri giperemiyasi, toshma, angionefrotik shish, isitma.

Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida giperemiya va og‘riq.

Yo‘riqnomada keltirilgan har qanday nojo‘ya samaralari kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomada keltirilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x