STRATIGRAFIYA

STRATIGRAFIYA (lot. stratum toʻshama, qatlam va grafin) — geologiyaning Yer poʻsti kesimidagi togʻ jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan oʻrnidagi dastlabki nisbatini oʻrganuvchi boʻlimi. S choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini kuzatib, oʻtmish geologik davrlarda ularning fatsial oʻzgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmaydigan oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan va maʼlum bir birlikka mujassamlashgan togʻ jinslarining stratigrafik yigʻindisini tadqiq qiladi. Yer organik dunyosining takrorlanmas taraqqiyotini aks ettiruvchi choʻkindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibini aniqlash oʻrganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda oʻxshashligini belgilashda ahamiyatga ega (q. Biostratigrafiya). Shu jihatdan Stratigrafiya paleontologiya va geoxronologiya bilan uzviy bogʻliq. Stratigrafiyaning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni ajratish, ularning tarqalishini kuzatish, turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini oʻzaro qiyoslashdir. Stratigrafiya yordamida Yer poʻstining geologik rivojlanish tarixini tiklash mumkin; choʻkindi formatsiyalar shakllanishining vakti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik xaritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ishlab chiqiladi. Stratigrafiyaning nazariy asoslari, prinsip va uslublariga 20-a. da juda koʻp ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va baʼzi bir kridalariga 17 — 19-a. lardayoq Daniya, Angliya, Fransiya va Germaniya olimlari tomonidan asos solingan. Daniyalik olim N. Steno (1638 — 86) togʻ jinslari qatlamlanishining ketma-ketligi qonunini anikladi. 19-a. 1-yarmida ingliz olimlari R. Murchison va A. Sedjvik, fransuz J. Kyuvye va b. ning tadqiqotlari Stratigrafiyani yanada rivojlantirdi. 18-a. oxirlarida Gʻarbiy Yevropada Yer poʻstini tashkil qilgan yotqiziqlarni birlamchi (hoz. paleozoy yotqiziqlari), ikkilamchi (mezozoy) va uchlamchi (kaynozoy) davri jinslariga boʻlish qabul qilingan. Dastlabki ikki termin tezda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. 1759-y. italiyalik geolog Arduino taklif qilgan uchinchi termin hoz. ham qoʻllaniladi [q. Uchlamchi sistema (davr)]. 1829-y. eng yangi boʻsh yotqiziqlarni fransuz geologi J. Denuaye toʻrtlamchi davr yotqiziqlari nomi bilan ajratdi [q. Toʻrtlamchi sistema (davr)]. 19-a. ning 1-yarmida turli mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida geologik sistema (davr)lar ajratildi va Yer tarixida ularning izchilligi (ketma-ketligi) belgilanib, umumiy boʻlinmalari qabul kili idi va avval ajratilgan sistemalar, boʻlimlar qayd kilindi. 1900-y. fransuz geologi E. Renevye fakat sistema boʻlimlarinigina emas, balki yarus boʻlimlarini ham oʻz ichiga olgan yigʻma, «xronofaf»ni taklif etdi. Umumiy stratigrafik shkala 20-a. oʻrtalarida Yer taraqqiyotining eng kad. boskichlari intensiv ravishda oʻrganila boshladi va yagona sistemasini belgilash imkoniyati tugʻildi. Stratigrafiyada qatlamlanishning izchilligi haqidagi qonun asosiy oʻrin tutadi; bu qonunga muvofiq, qatlamlar normal holatda yotganda har bir ostki qatlam ustki qatlamga nisbatan qadimiyroqsir. Bu qonundan istisno hollar faqat tektonik deformatsiya natijasida katlamlarning dastlabki yotishi buzilgandagina kuzatiladi va bunda qatlamlar toʻntarilgan holatda ham yotishi mumkin. Oʻtgan geologik davrlar xavzalarida qavatlangan togʻ jinslari qatlamlari muayyan izchillikda yotadi, bu qatlamlarni oʻrganib, stratigrafik ustun (kolonka) tuzish mumkin. Bu ustunlarni kiyoslashda turli metodlardan foydalaniladi, bulardan eng keng tarqalgani va ishonarlisi paleontologik metod boʻlib, u Yer organik dunyosining takrorlanmaydigan progressiv tarakqiyotiga asoslangan. Paleontologik metod paleoekologik maʼlumotlar hisobga olingan taqdirdagina qoʻllanishi mumkin. Qazilma organizmlarning barcha guruxlari stratigrafik korrelyatsiya maqsadlarida foydalaniladi. Juda koʻp mikdorda uchraydigan mayda organizmlar qoldiklari, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sporachang analizi ham xuddi shunday xususiyatlari bilan ajralib turadi, bu analiz fanerozoy barcha boʻlinmalarining choʻkindi qatlamlari yoshini aniklashda qoʻllaniladi. Tokembriyning ancha qad. yotkiziklarida hayvonlar qoldigʻi nihoyatda kam, koʻkyashil suvoʻtlarning hayot faoliyati izlari koʻplab uchraydi, ulardan 1960y. larda yuqori tokembriyning karbonat qatlamlarini boʻlish va korrelyatsiya kilishda muvaffaqiyatli foydalanildi. Ancha qad. yotqiziklarni oʻrganishda choʻkindi va magmatik togʻ jinslaridagi turli elementlar (K, V, R)ning radioaktiv parchalanishiga asoslangan izotop usuli yetakchi ahamiyatga ega. Choʻkindi jinslarning izotop yoshiga oid maʼlumotlar juda kam. Aniklashning rubidiy metodi turli gilli jinslar va nordon effuzivlarni aniqlashda qoʻllaniladi. Koʻrsatilgan metodlar yordamida chukindi qatlamlarga kirib qolgan turli intruziv togʻ jinslari yoshi haqidagi ancha toʻliq maʼlumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, choʻkindi va vulkanogen qatlamlarni korrelyatsiya kilishda litologik va geokimyoviy tadqiqotlar, razvedkaning geofizik usullaridan foydalaniladi. Korrelyatsiyaning barcha metodlarini koʻllash natijasida butun Yer shari uchun umumiy yigʻma stratigrafik boʻlinmalar sistemasi belgilandi. Stratigrafiya regional geologik tadqiqotlarda asos boʻlib xizmat qiladi hamda maydonning tektonik xususiyatlarini tushuntirish, foydali qazilmalarni qidirish va razvedka ishlari yoʻnalishini aniqlashga yordam beradi. Stratifafik kesmani batafsil oʻrganmay turib geologik xaritalar tuzish mumkin emas. Stratigrafiyaning metodlari — biostratifafik, litologik, radiologik, ekostratifafik hamda voqelikni tiklashdan iborat.

Koʻpgina biotik oʻzgarishlar (koʻplab qirilib ketish, taksonlar xilmaxilligining haddan tez koʻpayishi, yangi turlarning paydo boʻlishi)ga evolyutsion oʻzgarishlar bilan birga turli xil abiotik omillar (okean havzasining kengayishi yoki qisqarishi, okean sathining koʻtarshshbpasayishi, iqlim va yashash muhitining oʻzgarishi, atmosfera va gidrosfera tarkibidagi oʻzgarishlar hamda kosmik xrdisalar)ning ham taʼsiri katta. Oʻziga xos farq qiluvchi shunday oʻzgarishlar izini Yerning geologik tarixida Xalqaro stratigrafik shkalaning deyarli barcha boʻlinmalari chegaralarida uchratilgan. Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan stratigrafik birliklar shkalasi baʼzi bir boʻlim va yaruslarni boʻlinishi va indekslanishi (xududiy xoslik belgilari tufayli) bilan bir oz farklanadi. Oʻzbekistonning stratigrafik tuzilishini oʻrganishga olimlardan A. D. Arxangelskiy, T. A. Sikstel, O. I. Sergunkova, Yu. M. Kuzichkina, 3. M. Abduazimova va b. lar hissa qoʻshgan. Har bir mamlakatda stratigrafik shkalaning umumiy va mahalliy boʻlinmalari stratigrafik kodeks qoidalari sistemasi asosida ajratiladi. Geologik vaktni oʻlchashning etaloni qilib umumiy xalqaro stratifafik shkala qabul qilingan (2Xalqaro geologik kongress Bolonye, 1881-y.). 20-a. ning oʻrtalarida unga qoʻshimcha qilib stratigrafik shkalaning ancha yirik boʻlinmasi — zon mobaynida shakllangan eonotema kiritilgan; era mobaynida shakllangan yotqiziqlarni bildiruvchi, avval ishlatilgan «guruh» termini, «eratema» termini bilan almashtiriddi. Stratigrafik boʻlinmalarning har biri Yerning tabiiy rivojlanish bosqichi va uning organik dunyosiga muvofiq keladi; ular barcha materiklarda va 1970y. larda oʻtkazilgan burgʻilash ishlari koʻrsatganidek, okean botiklarida ham aniqlandi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, geologi k yaruslar va stratigrafik zonalar faqat mahalliy ahamiyatga ega; bu fikr agar faunasi boshqalardan ajralgan holda rivojlangan va Dunyo okeani bilan bogʻliq boʻlmagan (mas, Kora dengiz—Kaspiy havzasining neogen yotqiziqlari) alohida paleohavza materiallari asosida ajratilgan yarus va zona uchun toʻgʻri boʻladi. Agar yarus va zonalarning stratotipi qilib ochiq okean havzalarining kesimlari olinsa, bu boʻlinmalarni butun Yer shari boʻylab kuzatish mumkin. Antropogen (yoki toʻrtlamchi) sistema uchun boʻlinmalarning paleoiqlim maʼlumotlariga asoslangan, ularning oʻzaro bogʻlikligini aks ettiruvchi oʻz shkalasi taklif qilingan. Mavjud maʼlumotlarning koʻrsatishicha, geologik boʻlimlar, yarus va zonalar tokembriyda hozircha ajratilmaydi, sistema va erotemalar fanerozoydagiga nisbatan butunlay boshqacha asoslanishga ega; ularga ekvivalent boʻlgan protosistema va protoerotemalar — fitemalar toʻgʻrisida gapirish toʻgʻriroq boʻladi. Yagona yoki umumiy stratigrafik shkalaning boʻlim, yarus va zonalarini hamma yerda ham istalgandek aniklab boʻlmaydi va kesimlar tuzilishining mahalliy xususiyatlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun koʻp r-nlarda stratifafik tasnifning asosi boʻlib, mahalliy stratigrafik kichik boʻlimlar xizmat qiladi; agar ular paleontologik asosga ega boʻlsa va yoʻnalish boʻyicha oʻz tarkibini sezilarli oʻzgartirgan yotqizikdarni oʻz ichiga olsa, unda gorizontlarga (taxm. oʻlchami boʻyicha yarus va kichik yaruslarga mos keladigan va lonalar (lokal zonalar)ga ajratiladi. Aksincha, agar mahalliy boʻlinmalarni ajratishda togʻ jinslari litologik tarkibining oʻziga xos xususiyati yetakchilik qilsa, bunday holatda litostratigrafik boʻlinma ning alohida sistemasi qabul qilinadi. Oxirgi xalqaro stratigrafik shkala 2000-y. da Braziliyada oʻtgan 31-Xalqaro geologik kongressda qabul qilingan.

Ad.: Abduazimova 3. M.,Abdullayev N . R., O mejdunarodnoy stratigraficheskoy shkale, T., 2000; Stepanov D. L., Mesejnikov M . S, Obhaya stratigrafiya (Prinsipы i metodы stratigraficheskix issledovaniy), L., 1979.

Zoya Abduazimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x