STOL TENNISI — kichik koptok va raketkalar bilan stolda uynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-a. ning 20y. laridan koʻp mamlakatlarga tarkalgan. Dastlab «pingpong» (frans. pingpong — koptokning raketka va stolga urilishida chikadigan ovoz) deb atalgan. St. uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5×274,3 sm; bal. 76 sm; turi 183x 15,25 sm boʻladi. Yogoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g. Uyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12—14 m. Rasmiy musobakalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar — jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobakalashadilar. Uyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 21 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 20:20 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi. Stol tennisi Xalqaro federatsiyasi (ITTF, 1926-y. tashkil etilgan) 130 dan ortiq milliy federatsiyani birlashtiradi. 1926-y. dan har 2 yilda jahon birinchiligi oʻtkaziladi, 1988-y. dan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda Stol tennisi keng ommalashgan. Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalari muntazam oʻtkazib turiladi. Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi 1993-y. ITTFga aʼzo boʻlib kirgan. Oʻzbekistonlik Manzura Inoyatova, Saida Burhonxoʻjayeva, Svetlana Geta jahon chempionatida (Doxa sh., Qatar, 2004-y. mart) 1oʻrinni olib, oltin medallar bilan taqsirlanishdi. Ular bilan birga Nodira Burhonxoʻjayeva, Madina Ayupova ham bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib boʻlishgan.