STOKS FORMULASI — matematik analizning asosiy formulalaridan biri. Yopiq kontur boʻyicha olingan egri chizikli integralni shu kontur bilan chegaralangan sirt boʻyicha olingan integral orqali ifodalaydi. Stoks formulasini J. Stoke 1854-y. da isbotlagan.