STIGLIS

STIGLIS (Stiglitz) Jozef (1943.9.2, Gari sh., AQSH) — amerikalik iqtisodchi. 1967-y. da Massachusets texnologiya intida drlik darajasini olgan. Yel, Garvard va Stenford un-tlarida dars bergan. AQSH prezidenti B. Klintonning iqtisodiy maslahatchilari kengashi aʼzosi (1993—1997). 1997—2000-y. Jahon banki vitseprezidenti va bosh iqtisodchisi. 2001-y. dan NyuYork sh. dagi Kolumbiya un-ti prof. Stiglis assimetrik axborotlarga asoslangan bozor nazariyasini asoslab berdi. Mukammal axborotga ega boʻlishning iqtisodiy samarasini isbotladi. Nobel mukofoti laureati (2001; J. Akerlof va M. Spet bilan birga).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x