STEREOKIMYO

STEREOKIMYO (stereo… va kimyo) — kimyoning molekuladagi atom yoki atomlar guruhi (radikallar)ning fazoviy joylashishini oʻrganadigan sohasi. Stereokimyo dastlab 19-a. oxirlarida Ya. G. VantGoff tadqiqotlari asosida organik kimyoning boʻlimi sifatida paydo boʻldi. Stereokimyo geometrik (yoki sistrans) va optik izomeriyanp oʻrganadi. Geometrik izomeriya, asosan, molekulasi tuzilishida qoʻshbogʻ yoki siklik bogʻlangan atomlari boʻlgan birikmalarga xosdir. Geometrik izomeriyaga oʻxshash aylanma izomeriya aromatik birikmalarda uchraydi. Mas, 2,2ʻdinitrofenil — 6,6ʻ dikarbon kislota qutbli guruhlarning oʻzaro taʼsiri natijasida ular bogʻi oʻq atrofida aylanishiga toʻsqinlik qiladi. Shu boisdan bu birikmaning 2 ta fazoviy shakli (I va II shakllar) mavjud.

Organik moddalarda, jumladan, tabiiy birikmalarda (saxaridlar, oqsillar, alkaloidlar) optik izomeriya hodisasi ham keng oʻrinni egallaydi. Izomeriyaning bu turida molekuladagi asimmetrik atomuglerod 4 valent bogʻining har biri turli oʻrinbosarlar (atom va radikallar) bilan bogʻlangan boʻladi. Bunday birikmalar, mas, sut kislota SN3SN(ON)SOON, optik faol, yaʼni yorugʻlik nurining qutblanish tekisligini burish xususiyatiga ega va shu sababli 2 shaklda (optik antipodlar) mavjud boʻla oladi. Optik izomeriyani baʼzan kuzgu izomeriya deb ham ataladi, chunki fazoviy izomerlar goʻyo predmetning koʻzgudagi aksini eslatadi. Asimmetrik atom sifatida azot, oltingugurt, kremniy, fosfor va b. atomlar boʻlgan birikmalardagi izomeriya hodisasi xam oʻrganilgan. Stereokimyo organik kimyodan tashqari anorganik koordinatsiyey birikmalarni ham oʻrganadi, qattiq jismlar nazariyasi va kristallar kimyosiga yondashib tadqiqotlar oʻtkazadi. Stereokimyo polimerlar, dorivor moddalar va b. faol muhim ahamiyatga ega.

Ad.: Potapov . M ., Stereoximiya, M., 1988,Parpiyev N. A., Rahimov H. R., Muftahov A. ., Umumiy kimyoning nazariy asoslari. T., 2004.

Kudrat Axmerov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x