STENOZ

STENOZ (yun. stenos — tor, qisqa) — naysimon aʼzolar (hiqildoq, traxeya, bronxlar, qiziloʻngach, ichaklar, arteriyalar va b.), shuningdek, fiziologik teshiklar (mas, yurak chap boʻlmachasi va qorinchasi orasidagi teshik)ning torayishi. Stenoz tugʻma va hayotda orttirilgan boʻladi. Tugʻma Stenoz homila rivojlanishidagi nuqsonlar (qiziloʻngach yoki meʼdaning chiqish joyidan torayishi)dan iborat. Hayotda orttirilgan Stenoz organik va funksional boʻladi. Organik Stenoz aʼzolar devoridagi oʻsmalar, yalligʻlanish yoki shikastdan keyin chandiqlar paydo boʻlishi hisobiga yuzaga keladi. Funksional Stenozda aʼzolar muskullari, sfinkterlarning vaqtincha torayishi, mas, buyrakdagi tosh siljishi natijasida siydik yoʻlining torayishi — spazm roʻy beradi.

Stenozda aʼzolarning muskullari gipertrofiyaga uchrab, ular ichidagi harakat (ovqat, havo, qonning yurishi) qiyinlashadi, keyinchalik muskullar tonusi pasayadi, aʼzoning Stenozga uchragan joyidan yuqorisi kengayib ketadi, toraygan joydan moddalar oʻtishi qiyinlashadi. Stenozni kompensatsiyali — aʼzo oʻtkazuvchanligi qisman buzilgan, lekin aʼzo faoliyati va inson salomatligi jiddiy oʻzgarmagan; subkompensatsiyali — aʼzoning toraygan joyidan modda oʻtishi qiyinlashib, aʼzo faoliyati buzilgan; dekompensatsiyali — aʼzoning toraygan joyidan moddaning mutlaq oʻtmay qolib, aʼzo faoliyatining buzilishi, shuning hisobiga organizmda jiddiy asoratlar yuzaga kelishi (mas, meʼdaning pilorik joyi dekompensatsiyalangan Stenoz ida ovqat mutlaqo oʻtmasdan, bemor organizmida suvtuz mutanosibligining buzilishi) kabi darajalari bor. S, asosan, xirurgik usulda davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x