STANDART

STANDART (ing. standard — meʼyor, namuna, oʻlcham) — keng maʼnoda — boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; standartlanadigan obyektga qoʻyiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi meʼyoriytexnik hujjat. S. inson faoliyatining barcha sohalari: fan, texnika, sanoat, qishloq xoʻjaligi., ishlab chiqarish, qurilish, transport va b. ga taalluqli. Koʻllanish sohasiga qarab, davlat standarti (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), tarmoq standartlari (tarmoklar vazirliklari tasdiqlaydi), korxona va birlashmalar standartlari (korxonalar va birlashmalar boshqaruvi tasdiqlaydi) kabi turlarga boʻlinadi. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari boʻyicha respublika, viloyatlar va b. ga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar uchun Standartlarni qoʻllash majburiy. Vazifasiga qarab, Standart quyidagi turlarga boʻlinadi: umumtexnik va tashkiliymetodik qoida hamda meʼyorlar; mahsulotga qoʻyiladigan umumiy talablar, koʻrsatkichlar, sifat meʼyorlari, ekspluatatsion xossasi va texnik tafsiloti, tarmoklararo ishlatiladigan bir jinsli mahsulotlar guruxini nazorat qilish usuli; fizik kattalik birliklari va b. Bularni qoʻllash natijasida mahsulotlarning sifati oshadi, detallarni birxillashtirish va oʻzaro almashuvchanlik darajasini oshirishga imkon tugʻiladi, i. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish osonlashadi, mahsulotlardan foydalanish va ularni taʼmirlash samaradorligi oshadi, mahsulot qaysi korxonada ishlab chiqarilganligidan qatʼiy nazar istalgan joyda ishlataveriladi va b. Oʻzbekistonda Standartlar Oʻzbekiston Respublikasi «Uzstandart» agentligi (Respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish agentligi) tomonidan belgilanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x