STALIN (Jugashvili) Iosif Vissarionovich (laqabi — Koba, Coco va b.) (1878, Gruziyaning Gori sh. — 1953.5.3, Moskva) — SSSRning mustabid hukmdori. Etikdoʻz oilasida tugʻilgan. Gori diniy bilim yurtini tugatgach (1894), Tiflis diniy seminariyasida oʻqigan (inqilobiy faoliyati uchun 1899-y. haydalgan). 1898-y. RSDRP tarkibidagi Gruziya «Mesamedasi» sotsialdemokratik tashkilotiga kirgan. 1902—13 y. larda 6-marta qamaldi, surgun qilindi, 4-marta qamoq va surgundan qochdi. 1903-y. dan bolsheviklarga qoʻshildi. 1907-y. da RSDRP Boku komitetining rahbarlaridan biri. V. I. Lenin tarafdori, uning tashabbusi bilan 1912-y. da RSDRP MK va MK Rus byurosiga kooptatsiya qilingan (sirtdan kiritilgan). 1917-y. «Pravda» gaz. taxrir hayʼati, RSDRP (b) MK Siyosiy byurosi, Harbiyinqilobiy markaz aʼzosi. 1917— 22 y. larda millatlar ishi boʻyicha xalq komissari, ayni vaktda 1919—22 y. larda davlat nazorati xalq komissari, 1918-y. dan Rossiya Harbiy inqilobiy kengashi aʼzosi. 1922—53 y. lar partiya MK bosh kotibi.
20y. larda partiya va davlatda yetakchi boʻlish uchun kurash davomida, partiya apparati va siyosiy fitnalardan foydalanib, partiyaga bosh boʻlib oldi va mamlakatda mustabid rejimni oʻrnatdi. Mamlakatni jadal industrlashtirish va majburiy kollektivlashtirish siyosatini oʻtkazdi. 20y. larning oxiri — 30y. larda haqiqiy va gumon qilingan raqiblarini yoʻq kildi. Ommaviy terror tashabbuskori boʻldi. 30y. larning oxiridan fashistlar Germaniyasi bilan yakinlashish siyosatini tutdi [q. SovetGerman bitimlari (1939)], bu hol 2-jahon urushida xalqfojiasiga olib keldi. 1941-y. dan SSSR XKS (Ministrlar Soveti) raisi. Urush yillarida S. Davlat Mudofaa komiteti raisi, Mudofaa xalq, komissari, Oliy Bosh koʻmondon. 1946—47 y. larda SSSR Qurolli kuchlari vaziri. Sovet Ittifoqi Mapshali (1943), generalissimus (1945). Urush yillarida Stalin AQSH prezidenti F. D. Ruzvelt va Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill bilan birga gitlerchilarga qarshi xarbiy ittifoq (koalitsiya) tuzdi. Urush tugagandan soʻng u «jahrn sotsialistax tizimi»ni yaratishning gʻoyaviy rahnomasi va amaliyotchisi boʻlib qoldi, bu hol «sovuq urush» hamda SSSR bilan AQSH oʻrtasidagi harbiy-siyosiy qaramaqarshilikni keltirib chiqargan va qurollanish poygasini kuchaytirgan.
«Marksizm va milliy masala» (1912), «Oktyabr revolyutsiyasi va rus kommunistlarining taktikasi» (1924), «Leninizm asoslari toʻgʻrisida» (1924), «Buyuk burilish yili» (1929). «Dialektik va tarixiy materializm toʻgʻrisida» (1938), «Marksizm va tilshunoslik masalalari» (1950) va b. asarlarida oʻz siyosatini nazariy asoslashga uringan. Stalin tiriklik chogʻida, xuddi Lenin singari uning karashlari mutlaqlashtirildi, faoliyati va shaxsiy hayoti ilohiylashtirildi. KPSSning 20syezdi (1956)da N. S. Xrushchyov S. shaxsiga sigʻinishni va uning faoliyatini keskin krraladi. Keyinchalik mamlakatning kommun istik rahbarlari Stalinni siyosiy reabilitatsiya kilishga bir necha bor urindilar.
Stalin oʻz siyosiy faoliyatida Turkiston va Oʻzbekistonda sotsializm asoslarini zoʻravonlik bilan joriy etish yoʻllarini qoʻllagan. Buxoro boskinitl amalga oshirish uchun harbiy ishlar xalq komissari L. D. Troskiyga «Frunze retseptiga koʻra zoʻrlik bilan harakat qiling», deb tayinlagan (1920-y. avg.). Turkiston ASSR rahbarlarini «bosmachilik»ka qarshi murosasiz kurash olib bormaganlikda ayblagan. Keyinchalik A. Ikromov, F. Xoʻjayev, S. Segizboyev, boshqa davlat va jamoat arboblari Stalinning koʻrsatmasi bilan qatagʻon qilingan. Jasadi dastlab Moskva Qizil maydonidagi mavzoleyga (V. I. Lenin yoniga) qoʻyilgan. KPSS 22syezdi qarori bilan esa mavzoley orqasiga dafn etilgan (1961-y. noyab.).
Ad.: Rejim lichnoy vlasti Stalina. K istorii formirovaniya, M., 1989; Istoriya i stalinizm, M., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.