SR Klarenretsept bilan

Bir vaqtda qo‘llanganida klaritromitsin jigarda tsitoxrom R450 izofermentlari yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlarning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi, ularning kontsentratsiyasini o‘zaro oshishi mumkin, bu ham terapevtik, ham nojo‘ya samaralarni kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin.

Astemizol, tsizaprid, pimozid, terfenadin va shoxkuyaning boshqa alkaloidlari, alprazolam, midazolam, triazolam bilan birga qabul qilish mumkin emas.

Karbamazepin, tsilastozol, tsiklosporin, dizopiramid, lovastatin, metilprednizolon, omeprazol, bilvosita antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin bilan), xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, vinblastin, fenitoin, teofillin va valproat kislotasi bilan (tsitoxrom R450 ning boshqa izofermentlari orqali metabolizmga uchraydigan) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

DV dozalariga tuzatish kiritish va qondagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak.

Tsizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan birga qo‘llanganida bu vositalarning qondagi kontsentratsiyasi oshishi, Q-T intervalini uzayishi, aritmiyalarni, qorinchalar, taxikardiyasini shu jumladan “piruet” turi, qorinchalarni xilpillashi va fibrillyatsiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Ergotamin va digidroergotamin bilan birga qo‘llanganida ergotamin guruhi preparatlari bilan o‘tkir zaharlanish (qon tomirlarning spazmi, oyoq-qo‘llar va boshqa to‘qimalarning, shu jumladan markaziy nerv tizimining ishemiyasi).

Efavirenz, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin (tsitoxrom R450 induktorlari), klaritromitsinning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytiradi va uning terapevtik samarasini susaytiradi, va shu bilan birga 14(R)–gidroksiklarit-romitsinning kontsentratsiyasini oshiradi.

Flukonazolni 200 mg dozada har kuni va klaritromitsin sutkada 1 g dozada birga qabul qilinganida muvofiq 33% va 18% ga moddalarning qondagi statsionar kontsentratsiyasini (Sss) va klaritromitsinning AUC oshishi mumkin.

Klaritromitsinni dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Ritonavirni sutkada 600 mg n va klaritromitsinni sutkada 1 g  birga, qabul qilinganida klaritromitsinning metabolizmini pasayishi (Smax 31% ga, Sss 182% ga va AUC ni 77% ga oshishi), 14 (R)-gidroksiklaritromitsinning hosil bo‘lishini to‘liq bostirilishi mumkin.

SBЕ patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish kerak: KK minutiga 30-60 ml bo‘lganida klaritromitsinning dozasini 50% kamaytirish kerak.

Ritonavirni sutkada 1 g dan yuqori doza klaritromitsin bilan birga qabul qilish mumkin emas.

Xinidin va dizopiramid bilan birga qabul qilinganida “piruet” turi qorinchalar taxikardiyasi paydo bo‘lishi mumkin.

Klaritromitsin GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarining (lovastatin, simvastatin) kontsentratsiyasini oshiradi – rabdomiolizni rivojlanish xavfi mavjud.

Klaritromitsin va omeprazol qabul qilinganida omeprazolning Smax, AUC va T1/2 ni muvofiq 30%, 89% va 34% oshishi mumkin.

Me’dada rN ni o‘rtacha qiymati faqat omeprazolni qabul qilinganida 24 soat davomida 5,2 ni va omeprazolni klaritromitsin bilan birga qabul qilinganida 5,7 ni tashkil qilgan.

Bilvosita antikoagulyantlar bilan birga qabul qilinganida ularning ta’siri kuchayishi mumkin.

Sildenafil, tadalafil yoki vardenafil bilan qabul qilinganida (5 tur fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitorlari) FDE ga ingibitsiya qiluvchi ta’siri oshishi mumkin.

FDE-5 ingibitorlarining dozasini pasaytirish talab qilinishi mumkin.

Klaritromitsin teofillin va karbamazepin bilan birga buyurilganida bu preparatlarning tizimli qon oqimidagi kontsentratsiyalari oshishi mumkin.

CYP2D6 orqali metabolizmi sekin bo‘lgan patsiyentlarda tolterodin bilan patsiyenta qo‘llanganida, klaritromitsin (CYP3A ingibitori) ishtirokida tolterodinning dozalarini kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Klaritromitsin (sutkada 1 g) midazolam (peroral) bilan birga qabul qilinganida, midozolamning AUC 7 marta oshishi mumkin.

Klaritromitsin va midozolamni va CYP3A ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlarni (triazolam va alprazolam) birga peroral qo‘llashdan saqlanish kerak.

Midozalam (vena ichiga) va klaritromitsin qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

CYP3A bilan metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlarga ham shunday ehtiyotkorlik choralarini qo‘llash kerak.

Chiqarilish CYP3A ga bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar uchun (temazepam, nitrazepam, lorazepam) klaritromitsin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sirini ehtimoli kam.

Klaritromitsin kolxitsin bilan qabul qilinganida kolxitsinning ta’sirini kuchayishi mumkin.

Kolxitsin bilan mumkin bo‘lgan intoksikatsiyaning klinik belgilarini rivojlanishini ayniqsa keksa patsiyentlarda va SBЕ bo‘lgan patsiyentlarda nazorat zarur (o‘lim bilan yakunlangan hollari to‘g‘risida xabar qilingan).

Klaritromitsin va digoksin birga qabul qilinganida digoksinning zardobdagi kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak (uning kontsentratsiyasini oshishi va potentsial letal aritmiyalarni rivojlanishi mumkin).

Klaritromitsin (sutkada 1 g) va atazanavirni (sutkada 400 mg) birga qabul qilinganida atazanavirning AUC ni 28%, klaritromitsin 2 martaga oshishi, 14-gidroksi-klaritromitsinni AUC ni 70% ga kamayishi mumkin.

KK minutiga 30-60 ml bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasini 50% ga kamaytirishi kerak.

Klaritromitsinni sutkada 1 g dan yuqori dozalarda proteazalarning ingibitorlari bilan birga buyurish mumkin emas.

Klaritromitsin va itrakonazol birga qabul qilinganida preparatlarning plazmadagi kontsentratsiyalarini o‘zaro oshishi mumkin.

Itrakonazol va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarni, bu DV farmakologik samaralarini mumkin bo‘lgan kuchayishi yoki uzayishi tufayli, sinchiklab kuzatuv kerak.

Klaritromitsin (sutkada 1 g) va sakvinavir (yumshoq jelatin kapsulalarda 1200 mg dan sutkada 3 marta) bir vaqtda qabul qilinganida sakvinavirning AUC va Sss ni muvofiq 117% va 187% ga, klaritromitsinni esa 40% ga oshishi mumkin.

Bu ikkala DV birga yuqorida ko‘rsatilgan DV dozalarida cheklangan vaqt davomida buyurilganida dozalarni tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Verapamil bilan birga qabul qilinganida AB pasayishi, bradiaritmiya va sut kislotali atsidoz bo‘lishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x