1.Muomala estetikasini tarbiyalash. Gimnastika bilan shug’ullanish, sport o’yinlari, turizm yuqorida bayon etilganidek, insonning barcha sifat tomonlarini namoyon qiladi. Sportchilarning yurish-turishi, hayotiy jarayoni tashqaridan qaraganda havas qilgudek. Chunki uning asosida sharq xalqlari axloq normalari yotadi. Yomon muomala estetikaga zid deb baholanadi.
2.Inson gavdasi shakli (qaddi qomati) ning chiroyliligini ta’minlash. Garmonik rivojlangan odam gavdasining chiroyliligi shundaki, bu chiroylilik sog’liqning, hayotiy qobiliyatlari yaxshiligining belgisidir.
Cherneshevskiy: “inson go’zalliligi haqida gapirar ekanmiz, uning tarkibiy qismi, bizda ajoyib ta’surot qoldirish bilan namoyon bo’ladi, biz uni tushunamiz”, – degan edi.
V.V.Gorinevskiy esa: “go’zallik baxtga qarshi sog’liq bilan qarama- qarshilikda emas, nosog’liq esa, aksincha, normadan chetga chiqiboq, go’zallik tushunchasini buzadi”, – degan edi.
А.P.Chexov: ”Liboslar ichida eng chiroylisi, bu – muskullar go’zalligidir”, – deb ta’kidlaydi.
3.Go’zallikni qabul qila bilish qobiliyatini sport texnikasi, harakatlar nafisligi ifodasida yashirin go’zallikni his qila olishni tarbiyalash tashkil etadi. Harakat texnikasi go’zallik, harakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o’zi ham go’zal.
Jismoniy tarbiya jarayonida qo’llaniladigan harakat faoliyati bir- biriga o’xshash emas. Lekin, ularning har biri – yugurishning chiroyliligi, Brumelьning balandlikka sakrashi, Jabotinskiyning rekord og’irligini ko’tarish texnikasi, Voronin, Demidovlarning gimnastika snaryadlarida “ishlash mahorati” – hammasi go’zal.
Futbol maydonida o’yinga qarab baholash: “chiroyli o’yin bo’ldi”, “o’yin juda chiroyli chiqdi”, “komanda hujum paytida to’pni olib yurish san’atining yuqori darajadagi mahoratini ko’rsatdi” va hokazolar.
Sportda go’zallikni tushunish kishiga huzur baxsh etadi. Sport jarayonlarida go’zallikni, chiroylilikni ko’ra olsak, bu bizning estetik didimizning saviyasi darajasini namoyon qiladi.
Boksni estetik sport turi emas deb baholaydilar. Bu mulohaza to’g’rimi? Boks o’zida ruhiy, axloqiy, jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Yaxshi bokschi mard, irodali, botir bo’lishiga kundalik hayotda guvohmiz. Did bilan jangni tushunib tomosha qila olish, bizga estetik zavq beradi.
Estetik zavq beradigan, uni tarbiyalaydigan, takomillashgan harakat texnikasining avtomatlashgan darajaga ko’tarilganligiga qarab yuqori malakali sportchilar harakatidan zavqlanmay ilojimiz yo’q. Bunday harakatlar inson organizami imkoniyatlarining chegaralanmaganligidan daldolat beradi.
Suzuvchi va basketbolchilardan eksperimental guruh tuzib, ular mashg’ulotlarida kuch bilan bajaradigan mashqlar bilan o’tkazilgan mashg’ulotlarning samaradaorligini kuzatmoqchi bo’ldik, deylik. Bunda bizga qaysi guruh yaxshi samaraga erishganligini bilishgina qiziq bo’lmay, balki boshqa masala: barcha basketbolchi va suzuvchilarga (ular bir xil yoshda bir xil jinsda bir xil sport malakasida va h.k.) mashg’ulotlarda kuch talab qilinadigan mashqlarni berish maqsadga muvofiqmi degan fikr yuzaga keladi. Masalani ta’dqiq qilish ham muhimdir. Chunki, kuch talab qilish mashqlari zo’riqishni talab qiladi. Zo’riqish esa harakat go’zalligiga putur yetkazadi. Lekin bu holat shug’ullanganligi yuqori bo’lgan individda o’ta go’zal, tomoshabinni mahliyo qiladigan harakat darjasida ko’zga tashlanadi.
loading…