SPORALAR

SPORALAR (yun. spora — sochish, sepish, ekish, urugʻ) — 1) zamburugʻlar va oʻsimliklarda koʻpayish uchun xizmat qiladigan maxsus hujayra. Zamburugʻlar va tuban oʻsimliklarda mitoz (mitosporalar), yuksak oʻsimliklarda meyoz (meiosporalar) boʻlinish natijasida vujudga keladi. Hosil boʻladigan joyiga binoan, Sporalar endosporalar va ekzosporalarga ajratiladi. Tuban suv oʻsimliklari S. i (zoosporalar)ning harakatlanish organi — xivchinlari boʻladi. Qurukdikda oʻsadigan yuksak oʻsimliklarda Sporalar xivchinsiz; qattiq qobiq bilan oʻralgan; shamol yordamida tarqaladi. Sporalar oʻlchami 3—5 mkm dan 25—50 mkm, baʼzan 200 mkm gacha (ipsimon suvoʻtlar). S. oval, silindrsimon, sharsimon, ipsimon va b. shaklda; sirti gʻadirbudur, har xil oʻsimtalari boʻladi. Sirti qobiq bilan oʻralgan Sporalar 10 kundan 3—5 yilgacha, baʼzan 25 yilgacha (qorakuya) hayotiy xususiyatlarini yoʻqotmaydi.

Ayrim zamburugʻlar 1 sutka davomida 30 mln. spora hosil qiladi. Bugʻdoy donida 8 mln. dan 20 mln. gacha, bitta boshogʻida 200 mln. gacha spora hosil boʻladi. Plaunlar Sporalari dan tibbiyot, metall quyish, togʻ jinslari yoshini anikdashda foydalaniladi;

2) bir hujayrali parazit hayvonlarda qalin pust bilan qoplangan bir yoki koʻp hujayrali hosila. Tarqalish va noqulay sharoitdan himoya kilish vazifasini bajaradi;

3) bakteriyalar va arxeobakteriyalarda tinch holatdagi reproduktiv hujayra. Hayot sikli oxirida vujudga keladi. Koʻpayish va noqulay sharoitdan himoya qilish vazifasini bajaradi. Ona hujayra ichida (endospora) bittadan hosil boʻladi. Yuqori harorat, suvsizlik, radiatsiya, erituvchilar va b. noqulay sharoitlarga chidamli. Sporalar qulay muhitga tushganida koʻkarib chiqib, yangi vegetativ xujayra hosil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x