SPERMATOGONIYLAR (sperma va yun. gonos — tugʻilish, urugʻ, nayel) — spermatogenezning 1davridagi gaploid urugʻ hujayralar. Urugʻ naylari devoridagi ixtisoslashmagan birlamchi jinsiy yoki urugʻdonning berk uchidagi maxsus hujayralardan rivojlanadi. Spermatogoniylarda intensiv mitoz boʻlinish boradi. Mitoz soni tur uchun xos boʻlib, 3 dan 6-martagacha sodir boʻladi. Sut emizuvchilar va ayrim b. hayvonlarda Spermatogoniylarning har xil tuzilishga ega boʻlgan 2—4 tipi maʼlum. Spermatogenezning 2davrida Spermatogoniylar 1tartib spermatotsitlarni hosil qiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые