SPENSER

SPENSER (Spenser) Gerbert (1820.27.4, Derbi sh. 1903, 8.12, Brayton sh.) — ingliz faylasufi va sotsiologi, pozitivizm asoschilaridan biri. F. Bekondai keyin umumiy bilim tizimini yaratishga uringan olim hisoblanadi. Spenser oʻzining asosiy asari 10 j. li «Sintetik falsafa tizimi» kitobi ustida uzok, ishladi (1862—96)! Ibtidoiy madaniyatni oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdi. Kont izidan borib sotsiologiya asosiga evolyutsiya gʻoyasini qoʻygan. Uning «Sotsiologiya asoslari» asarining oʻzagini biologik va ijtimoiy organizmlar oʻrtasida oʻxshashlik mavjud, degan qoida tashkil etadi. Spenser karashlarida evolyutsiontarixiy yondoshuv strukturalifunksional va tizimli yondoshuvlar bilan qoʻshilib ketgan. Uning fi kricha, ijtimoiy organizm 3 ta asosiy «tizim»dan iborat: «regulyativ», «hayot uchun vositalar ishlab chiquvchi», «taqsimlovchi». «Regulyativ» tizimni tahlil etar ekan, Spenser eʼtiborni «ijtimoiy nazorat» vositalariga qaratadi. Xususan, u siyosiy boshkaruvni ijtimoiy nazoratning bir turi sifatidagina tushuntirgan. Bu tartibotlar ibtidoiy jamiyatdayoq mavjud boʻlgan shakllardan yuzaga kelgan va astasekin rivojlanib borgan. Har qanday ijtimoiy tartibot ijtimoiy harakatlarning mustahkam tuzilmasi sifatida shakllanadi. Spenser shaxsning rivojini evolyutsiyaning oliy maqsadi va taraqqiyotning asosiy mezoni deb bildi, sinfiy kurashni qoraladi. Spenser sotsiologik taʼlimotining baʼzi goyalari (jamiyatning organik konsepsiyasi, muvozanat nazariyasi va b.) ni zamonaviy sotsiologiya maktablari puxta oʻzlashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x