SOʻROV

SOʻROV — sotsiologik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan dastlabki axborot yigʻish uslubi. Soʻrov yordamida oʻrganilayotgan obyekt toʻgʻrisida empirik maʼlumot toʻplanadi. Soʻrov jamoatchilik fikrini, yaʼni fuqarolar, ijtimoiy guruhlarning jamiyat muammolariga munosabatini oʻrganishga qaratiladi hamda ijtimoiy axborot toʻplash, aholining isteʼmol talabini oʻrganish va shu kabi maqsadlarni nazarda tutadi. Ijtimoiy axborot ijtimoiy ahamiyatga molik voqealar toʻgʻrisidagi bilimlardir. Soʻrov jarayonida respondentlar (sotsiologik tadqiqotda axborot olish manbai sifatida ishtirok etuvchi shaxslar) soʻrovnomadagi savollarga yozma javob beradilar. Soʻrov sotsiologik axborotning ishonchliligini, yaʼni tadqiqotlarda olingan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlashi zarur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x