SOʻRILISH

SOʻRILISH, rezorbsiya — turli moddalarning hujayra elementlari orqali qon va limfaga oʻtishi. Ovqat hazm qilish yoʻlida (asosan, ichaqda), shuningdek, oʻpka, plevra, bachadon boʻshligʻida, qovuqda, teri yuzasi va b. da sodir boʻladi. Suv, tuz va baʼzi moddalar (glyukoza, vitaminlar) deyarli oʻzgarishsiz, koʻpchilik ovqat moddalari fermentlar taʼsirida epiteliy qavatidan oson oʻtadigan oddiy birikmalarga aylangandan soʻng soʻriladi. Soʻrilishda moddalar fizik jarayonlar (diffuziya va h. k.) natijasida harakatlanadi. Soʻrilgan moddalar barcha organ hamda toʻqimalarga tarqalib, energiya hosil boʻlishi va harakatlanish jarayonida sarflanadi. Soʻrilish murakkab fiziologik jarayon; odam va yuksak haivonlar ovqat hazm qilish ioʻlida Soʻrilish ichak vorsinka (oʻsimta) lari hamda mikrovorsinkalar orqali yuz beradi. Uglevodlarning monosaxaridga, oqsillarning aminokislotaga parchalanib soʻrilishi forforillash jarayoniga imkon beradi. Yogʻlar oldin diva monoglitseridlarga, keyin glitserin hamda yogʻ kislotalariga parchalanib soʻriladi. Soʻrilish nerv hamda gumoralgormonal mexanizm orqali boshqariladi. Soʻrilishning buzilishi baʼzi ferment va Soʻrilishda ishtirok etadigan ayrim oʻtkazuvchilarning yetishmasligi sababli roʻy beradi, goho irsiy xususiyatga ega. Bu kamchiliklar organizmga ferment, vitamin, tuz va b. moddalarni kiritish yoʻli bilan bartaraf qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x