SOʻKCHAK

SOʻKCHAKtut ipak qurtlarini bokish va oziklantirish uchun qoʻllaniladigan maxsus qurilma, qurtlar uchun oziqlanish maydoni. Slar mahalliy sharoitlarda turli mahalliy materiallar (qamish, terak, tol va tut) larning yoʻgʻon novdalaridan tayyorlanadi. Sanoatbop ipak qurtlarini bokishda metalldan yasalgan Slar ishlatiladi. Iqtisodiy jihatdan samarador boʻlgan koʻp qavatli uz. 2 m., eni 1 m va boʻyi 1,8 m etajerkalar qoʻllaniladi. Qurtlarning kichik (1, 2 va

3) yoshlari uchun 5 qator ozuqa maydoniga ega boʻlgan (katorlar orasi 30—35 sm) Soʻkchak lardan, katta yoshlarida (4 va 5 yoshlar) esa oralaridan bitta qator olinib 3 ta qatori qoldirilgan (qator oraligʻi 60—70 sm) Slardan foydalaniladi. Har bir quti qurtlar uchun kichik yoshlarda (1—3) 12 m2, katta yoshlarda (4—5) 60—70 m2 ozuqa maydoni ajratiladi. Koʻp hollarda ozuqa maydoniga qarab meʼyor boʻyicha qurtlar bir xonada kupi bilan 2 qatorli soʻkchaklarda joylashtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x