Sovuq havoda qo’llar parvarishi

Kuz-qishda qo’l terisi parvarishi uchun, asosan, oziqlantiruvchi va terini yumshatib, himoyalovchi kremlar tavsiya etiladi. Qo’l terisi sovuq havoga juda ta’sirchan bo’lsa, tarkibida zaytun, moychechak, lavanda moyi qo’shilgan kremlarni tanlang. Terida mayda yoriqlar, teri qavatining ko’chishi bezovta qilsa, krem tarkibida avokado, kakao, aloe, jojoba kabi o’simliklar moyini jamlanganligiga diqqat qiling. Ular terining me’yoriy qavatini tiklab, engil “yallig’lanish”larni bartaraf etadi.

Yoshga doir o’zgarishlar tufayli terining elastiklik xususiyatini tiklashga to’g’ri kelsa, kollagen va elastin birikmasi qo’shilgan kremlar asqotadi. Ular “ishdan chiqayotgan” teri kataklarini yangilab, taranglashtiradi.

Dag’al tortgan qo’l terisini mayinlashtirish uchun glitserin qo’shilgan kremni ertalab va kechqurun engil surish kifoya. Qo’llaringizga namlik etishmay, tirnoq artofidagi mayda “tikanak”larga ko’zingiz tushsa, silikonli krem tanlang.

Oziqlantiruvchi niqoblar. 

Bodring bo’lagini mayda tishki qirg’ichdan chiqarib bir necha tomchi asal tomizing. Teri oqarib nafis ko’rinishga ega bo’ladi. 
Bananni ezib, bo’tqa holiga keltiring, ikki osh qoshiq tvorog va tuxum sarig’i qo’shing. Hammasini yaxshilab aralashtiring. Niqobni 20 minutga surtib qo’yib, so’ng iliq suvda yuving. Bu amal terini yumshatib mayinlashtiradi. 
Agar vaqtingiz juda oz bo’lsa, 1-2 ta uzum donasi sharbati bilan artish mumkin. 10 minutdan so’ng niqob iliq suvda yuviladi. Teri sezilarli darajada yosharadi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x