SOVET—GERMANIYA BITIMLARI

SOVET—GERMANIYA BITIMLARI (1939) — 1) hujum qilmaslik haqida 1939-y. 23 avg. da tuzildi («MolotovRibbentrop pakta»); bitimga ilova qilingan maxfiy hujjat tomonlarning «manfaatlar doirasi»ni chegaralab berdi (Boltiqboʻyi, Sharqiy Polsha, Finlyandiya, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR ning «manfaatlar doirasi»ga kiritildi). Bitim SSSRning tashki siyosatida Germaniya bilan yaqinlashish sari keskin oʻzgarishni anglatardi; bitim tuzilgandan soʻng Germaniya Polshaga hujum qilib, 2-jahon urushini boshlab yubordi. SSSR esa oʻzining «manfaatlar doirasi»da belgilangan hududlarni oʻziga qoʻshib oldi;

2) «Doʻstlik va chegaralar haqida» 1939-y. 28 sent. da tuzilgan bitim SSSR bilan Germaniya oʻrtasida taxm. «Kerzon chizigʻi» boʻylab chegarani belgilab berib, Polsha davlatini tugatishni mustahkamlab qoʻydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x