SOTTI HUSAYN

SOTTI HUSAYN (taxallusi; asl ism-sharifi Husainov Sotti) (1906, Qoʻqon — 1942.5.9, Toshkent) — tanqidchi va adabiyotshunos. Moskvadagi kechki Adabiyot in-tida oʻqigan (1934—35). «Yosh leninchi» gaz. da muharrir (1927—28), Moskvadagi SSSR xalqlari muzeyida voiz, «SSSR hukumati qonunlari majmuasi» jurnalining oʻzbekcha nashrida muharrir (1934—37), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari (1937—38), Til va adabiyot in-tida direktor (1938—40), Oʻzbekiston KP (b) MKda boʻlim mudiri (1941 — 42). Sotti Husaynning «Duoxon» va «Johillik balosi» ilk pyesalari 1921—22 ylarda yozilgan hamda Qoʻqon sh. madaniyat klubida sahnalashtirilgan. «Loyqalar» («Gʻalaba») pyesasi 1930-y. da Oʻzbek davlat drama teatri sahnasida qoʻyilgan. Shundan keyin u «Qizil tayoqchilar» (1935) va b. pyesalarni yozgan. Sotti Husayn matbuot, teatr, musiqa, adabiyot, tarjima masalalariga bagʻishlangan maqolalar eʼlon qilgan. U Hamza merosini oʻrganish ishini boshlab, «Hamza Hakimzoda hayoti va faoliyati» (1941) monografiyasini chop etgan va Hamzaning «Tanlangan asarlar»ini Yu. Sultonov bilan birga nashrga tayyorlagan.

As: Tanlangan asarlar, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x