So’rg’ichdan ajratayotganingizda quyidagilarga ahamiyat bering:

👶🏻 So’rg’ichdan ajratayotganingizda quyidagilarga ahamiyat bering:

Birinchidan, shoshish mumkin emas. Bolani so’rg’ichdan chiqishiga yaxshilik, mehr va erkalash bilan erishish lozim.

Ikkinchidan, so’rg’ich bilan uxlash odati bo’lgan bolalarga uning o’rnini bosuvchi vosita topish kerak. Masalan, yumshoq ayiqcha, yoqimli musiqa, onaning qo’llari va hokazo.

Uchinchidan, bola gapga tushunadigan yoshda bo’lsa, unga so’rg’ich haqida ertak aytib bering. So’rg’ichni pari olib ketib o’rniga ajoyib sovg’a olib kelishini tushuntiring. So’rg’ichni bola bilan birga bir joyga bekitib qo’yib o’rniga bola uchun yoqimli sovg’a solib qo’ying. Bola so’rg’ichni izlab sovg’a topadi.

To’rtinchidan, bolani zeriktirib qo’ymang. Ko’pincha zerikkan bola so’rg’ich so’rishni qumsaydi.

Beshinchidan, bola so’rg’ichsiz yig’lab uxlolmay qattiq qiynalayotgan bo’lsa, so’rg’ichdan ajratish muddatini 1-2 haftaga suring.

Oltinchidan, bola so’rg’ichni qumsab so’rayotgan bo’lsa, uni chalg’iting, u bilan o’yin-kulgu qiling.

Yettinchidan, so’rg’ichdan ajratish o’yinlarini o’ylab toping.

Masalan, bir devorga bolani bo’yi yetadigan joyda so’rg’ichni mahkam o’rnatib-qoqib qo’ying. Bola so’rg’ichni qumsaganda o’sha devor yoniga borib so’radi. Uzoq vaqt devorni oldida turishga zerikib siz jalb qilayotgan o’yinlar tomon shoshadi va so’rg’ichdan o’zi asta bosh torta boshlaydi.

Sakkizinchidan, so’rg’ichga dori, garimdori, sarimsoq piyozi kabi achichiq narsalar surib bolaga so’rdirmang. Bu uning psixikasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

To’qqizinchidan, «so’rg’ich so’rasan», deb bolani uyaltirmang. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji, erkaligi emas.

O’ninchidan, so’rg’ichdan ajratayotganizda bola sog’lom va yaxshi holatda bo’lishi lozim. Ya’ni, biron jismoniy rivojlanish bosqichidan o’tayotgan (yurishni, emaklashni boshlayotgan va boshqalar) kasal yoki emishdan ajratilayotgan bolani qo’shimcha stress qilib so’rg’ichdan ajratish mumkin emas.
©saranjombeka

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x