SON

SON (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son gʻam sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning mikdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, mikdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.

Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Mikdor S. lar predmetning mikdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida mikdor Slar 6 turga boʻlinadi: sanoq S, dona S, chama S, jamlovchi S, taqsim S. va kasr S. Sanoq Son — predmetning sanogʻini bildiruvchi mikdor Son turi (bir, ikki, oʻn, yuz). Dona Son — predmetning mikdorini donalab koʻrsatuvchi mikdor S. Bunday Sonlar sanoq Songa ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda Sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi xisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup oʻrik va b. Chama Son predmetning noaniq mikdorini, taxm. xisobini koʻrsatadi. Mikdor Sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq Songa tacha, lab, larcha affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli Sonlarni juftlash yoki ayrim soʻzlar bilan birga qoʻllash [birikki kun, oʻnoʻn ikki yashar bola, besh oylar chamasi avval, oʻttizga yaqin (qariyb oʻttizta) uy buzildi] orqali hosil qilinadi. Jamlovchi Son bir turdagi predmetlarning yigʻindisini ifodalaydi, ularni jamlab koʻrsatadi; sanoq Songa ov, ala affiks larini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, toʻrtala). Taqsim Son predmet mikdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yoʻli bilan bildiradi va sanoq Songa tadan affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi (beshtadan boʻlib kelmoq, toʻrttadan qalam ushlamoq). Kasr S butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq Sonning chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki ( t ), oʻndan bir ( h ). Yarim (yorti), chorak, nimchorak soʻzlari ham kasr Son lardir. Tartib S. predmetning anik, mikdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin boʻlib, ular kabi predmet belgisini bildiradi; sanoq Son larga —(i)nchi (baʼzan lamchi) affiksining qoʻshilishidan hosil boʻladi: birinchi, ikkinchi, oʻninchi; birlamchi, ikkilamchi.

Tuzilishiga kura, Sonlar 4 turga boʻlinadi: sodda Son — birgina soʻzdan ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab Son — ikki yoki undan ortiq oʻzakning birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft Son — birdan ortiq Sonning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxm. mikdorni bildiradi: besholti kishi, oʻnoʻn besh kun, ellikoltmish xonadon; takroriy Son — bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻntaoʻnta qilib taxlamoq.

Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, Sonning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma S. — qismlari bildirgan mikdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan mikdorni bildiruvchi murakkab S: besh ming (5×1000), uch yuz (3×100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma Son — qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan mikdorni bildiruvchi S: oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi Sonlar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi;

2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; S. kategoriyasi. Oʻzbek tilida Son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik S. — bir turdagi narsabuyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga tegishliligini (ukam, daftaring, qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, koʻraman, oʻqiysan, boradi) bildiradi; koʻplik Son — predmetning birdan ortikdigini, koʻpligini, uning birdan ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. Otlarda birlik Sonni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik Son esa lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik Son koʻplik Songa qaramaqarshi qoʻyiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy tillarida) ikkilik S, baʼzan uchlik Son gʻam uchraydi.

Ad.: Oʻzbek tili grammatikasi, 1j. ; T., 1975; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x