SOMON YOʻLI

SOMON YOʻLI — Shim. qutbi Veronika sochlari yulduz turkumida boʻlib, osmonni deyarli katta aylana boʻylab oʻrab olgan xira nurlanuvchi yoʻl; Shim. yarim shardagi Oskush yulduzlari turkumidan boshlanib, jan. ga ikkita alohida tarmoq holida choʻziladi va bizga koʻrinmaydigan Janubiy But yulduz turkumida birlashadi. Somon yoʻlining tuzilishi juda murakkab: baʼzi joyda 30° gacha kengaysa, baʼzi joyda 4—5° gacha torayadi. Somon yoʻlining ravshanligi hamma joylarda bir xil emas. Somon yoʻlining eng xira qismi Aravakash yulduz turkumi atrofida joylashgan. Galiley 1610-y. da Somon yoʻlini kuzatib, uning juda koʻp sonli xira yulduzlar toʻplamidan iboratligini tasdiqladi. Somon yoʻli yulduzlari toʻplami tartibsiz boʻlmay, oʻzaro tortish kuchi bilan bogʻlangan sistemani hosil kiladi. Bu yulduzlar sistemasi Galaktika deb atalib, uning markazi Oqqush, Qavs yulduz turkumlari oraligʻida joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x