SOLPUGALAR

SOLPUGALAR, falangalar (Solifugae) — oʻrgimchaksimonlar turkumi. Gavdasining uz. 1—7 sm. Gavdasi yaxlit bosh koʻkrak, 3 boʻgʻimli koʻkrak va 10 boʻgʻimli yirik qorin boʻlimlaridan iborat. Xelitserasi yirik, qisqichga oʻxshash. Tanasi va oyoqlari qalin tuk va qil bilan qoplangan. Traxeya bilan nafas oladi, 800 ga yaqin turi maʼlum; koʻproq tropik va subtropik mintaqalarning nam kam boʻladigan hududlarida tarqalgan. Oʻrta Osiyo choʻllarida yirik qoʻngʻirsargʻish tusliʻkaspiy solpugasi va tutunrang S; togʻ oldi hududlarida birmuncha kichik (2—3 sm) sariq rangli karshchiya solpugasi uchraydi.

Solpugalar urgʻochisi in qazib, unga 30 dan 200 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan bolalarini qoʻriklaydi. Solpugalar — tungi yirtqich, hasharotlar, koʻpoyoqlilar, oʻrgimchaklar, zahkashlar, baʼzan qushlar joʻjasi, mayda kaltakesaklar va kemiruvchilar bolasiga hujum qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x