SOLIQ IMTIYOZLARI — davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Si. soliq undiriladigan daromad turlarini qisqartirib, umumiy kamaytirilgan daromaddan soliq olish, soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalarini kamaytirish, soliqni toʻlab boʻlish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Si. soliq toʻlovchilarga nisbatan tabaqalashtiriladi, muayyan ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadni koʻzlaydi. Si. davlat qoʻlida bozor iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning maʼlum bir turlari ragʻbatlantiriladi. Sharoitga qarab Soliq imtiyozlari qayta koʻrib turiladi. Soliq imtiyozlari berishning xilmaxil shakllari jahondagi koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (1997)da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Si. belgilangan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии