SOLIJONOV

SOLIJONOV Qosim (1936.6.12, Konimex tumani) — bezovchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1962). «Toshshaharreklama» k-tida bezovchi rassom (1962 — 64), «Rassom» k-tida (1964—69), Toshkent shahar obodonchilik bosh boshqarmasida (1969—71) bosh rassom. S. Toshkent sh. bosh rassomi sifatida Sirgʻali, Hamza va b. tumanlarni bezagan; Turkiya, Suriya, Bolgariya, Tunis, Marokko va b. mamlakatlarda uyushtirilgan xalqaro yarmarkalarda Oʻzbekiston pavilyonini bezashda ishtirok etgan, «Mustaqillik», «Navroʻz» va b. bayramlarni badiiy siyosiy ruhda bayramona bezashda faol qatnashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x