SOLFATARLAR

SOLFATARLAR (ital. solfo — oltingugurt) — Yer poʻstining vulkanli r-nlarida, vulkan kraterlari va ularning yon bagʻirlaridagi mayda boʻshliq va yoriklardan, qotgan lava oqimlaridan ajralib chiquvchi koʻp miqdordagi issiq (100—300°) oltingugurt gazi, suv bugʻi va karbonat angidridi aralashgan vodorod sulfidi gazlari. S soʻnmagan vulkanlar atrofida uchraydi. Astasekin, ammo uzoq vakt muttasil ravishda gazlar ajratuvchi vulkanlarga Neapol yaqinidagi Solfatara vulkani misol boʻladi. Baʼzi Solfatarlar sanoat miqyosida oltingugurt ajratadi (yana q. Fumarollar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x