SOHIBOV Damin Nazarovich

SOHIBOV Damin Nazarovich (1907.5.5, Kattaqoʻrgʻon sh. — 1990.1.10, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tibbiyot fanlari d-ri (1949), prof. (1949). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgach (1933), biokimyo kafedrasida assistent (1937-39), dotsent (1939), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika intida ilmiyoʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktori (1944—52) va biokimyo kafedrasi mudiri. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—44). ToshTI biokimyo kafedrasi (1954—62) va Oʻzbekiston FA Oʻlka tibbiyoti in-ti prof. (1962—64), Oʻzbekiston FA Biokimyo in-tida lab. mudiri (1964—69; maslahatchi). 1969-y. dan ToshDU biol. ftida prof. Ilmiy ishlari, asosan, ilon zaharidan turli biologik faol moddalar ajratib olish, ularning organizmga taʼsirini oʻrganishga oid.

As: Ximiya i bioximiya zmeynыx yadov (v soavtorstve), T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x