SOCH OQARISHI — soch rangining oʻzgarishi; soch ildizi pigmentining kamayishi yoki yoʻqolishidan kelib chikddi. Asosan, kishi qariganda kuzatiladi; 35—40 yoshlarda bittaikkita soch oqara boshlaydi, baʼzan soch vaktidan ilgari oqarishi ham mumkin. Dastlab chakkadagi, keyinroq borib butun boshdagi soch oqaradi; qosh va kipriklar kechroq oqaradi. Qariganda So. normal fiziologik holatdir. Yoshlikda So. ga nerv va endokrin sistema faoliyatining buzilishi, kamqonlik, vitaminlar yetishmasligi, asabiy holat, oʻta tolikish va b. sabab boʻladi.
Vaqtidan ilgari So. irsiy boʻlib, nayeldannayelga oʻtishi ham mumkin. Oqargan soch dastlabki jilosini yoʻqotadi; uni serjilo qilish maqsadida xina, basma (qora xina) kabi oʻsimlik boʻyoqlari yoki kimyoviy boʻyoklardan foydalanish tavsiya etiladi. Soch boʻyagichlariga ruju qilaverish yaramaydi; buyrak kasalliklari, homiladorlik va bola emizish davrida soch boʻyagichlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Soch boʻyashdan oldin vrach bilan maslahatlashib olgan maʼqul.