Mushukcha ertalab uyqudan uygʻonib, ochiqqani his qildi.
Bekaning oldiga yugurib bordi, biroq ochlik mushuklar tilida qanday ifodalanishini toʻsatdan unutib qoʻydi. Shu sababli beka u nimaga kelganini tushunmadi. Mushukcha yigʻlagancha koʻchaga yugurib chiqdi va u yerda toʻriq otga koʻzi tushdi.
– Nimaga yigʻlayapsan? – deb soʻradi ot.
– Ochqab ketdim, shuning uchun yigʻlayapman, – deb javob berdi mushukcha. – Ovqatlanmoqchiligimni mushukchasiga aytishni bilmayapman.
– Yigʻlama, – deb uni ovutdi ot. – Buni oʻzim senga oʻrgataman. “Ih-hi-hi!” desang, senga darrov yegulik berishadi.
– Nima deyapsiz! Mushuklar kishnamaydi-ku, – mushukcha shunday deb boyagidan ham qattiqroq yigʻlashga tushdi va yoʻlida davom etdi.
Maysazorda qora sigirga duch keldi.
– Nimaga yigʻlayapsan? – deb soʻradi undan sigir.
– Ochqaganda nima deyish kerakligini unutib qoʻydim, oʻzim juda ochman.
– E-e, shunga yigʻlab oʻtiribsanmi? “Mu-u-u!” degin, darrov senga biror nima berishadi.
– E, yoʻq! Mushuklar boʻkirmaydi. Ular boshqacha gapiradi, – dedi mushukcha va dalaga qarab yugurib ketdi.
Uning yigʻisini qoʻy eshitib qoldi va sababini soʻradi:
– Nimaga yigʻlayapsan, hoy mushukcha?
– Mushuklar ovqatni qanday soʻrashini esimdan chiqardim, – deb takrorladi mushukcha.
– Mana, men oʻrgataman nima deyishni, – dedi qoʻy. – “Ma-a-a!” degin, darrov qorningni toʻydirishadi.
– Yoʻq, yoʻq! – deb baqirdi mushukcha. – Qoʻylargina maʼraydi. Mushuklar boshqacha gapiradi.
U shu yerdan ortiga – uyga qaytdi.
Devor yonida bir tovuqqa koʻzi tushdi.
– Nimaga yigʻlayapsan? – deb soʻradi tovuq. Mushukcha sababini tushuntirgan edi, tovuq uni yupatishga tushdi. – Hoziroq senga ovqat berishadi. “Qo-qo-qogʻ!” desang bas.
– Yoʻgʻ-e, qoʻysangiz-chi! Mushuklar qoqogʻlamaydi, – deb hoʻngrab yubordi mushukcha, – ular nima deyishi esa yodimdan koʻtarildi.
U yana yoʻlida davom etdi.
Shu payt bir kulbadan qora mushuk chiqib qoldi va dedi:
– Birgina men senga och mushuk nima deyishi kerakligini ayta olaman. Bekang hozir oshxonada sut pishiryapti, uning oldiga borib “Mya-u-u!” degin.
– Ha, xuddi shunday! – deb mushuk xursand boʻlib ketdi. – Ovqat ana shunday soʻralardi!
U yugurib oshxonaga kirdi va mungli tovushda soʻradi:
– Mya-u-u!
Qizaloq mushukchasi qattiq ochqaganini tushundi.
– Bechora mushukcha! Nega kun boʻyi indamading, ochqaganingni menga eslatmading!
Yosh beka shunday deb kosachaga sut quyib berdi. Mushuk sutni pok-pokiza tushirdi va ochqaganda nima deyish kerakligini boshqa biror marta esidan chiqarmadi. Bunday paytlarda “Mya-u-u!” deydi, “Mya-u-u!”
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
“Gʻuncha” jurnalining 2015 yil 1-sonida chop etilgan.
Tekst na russkom
Isaak Kipnis. Kotenok kotoriʼy zabiʼl kak prosit yest
Utrom kotyonok prosnulsya i zaxotel yest.
On pobejal k xozyayke, no vdrug zabiʼl, kak nado skazat po-koshachi, chto on goloden. Poetomu xozyayka ne ponyala, zachem on prishyol, i kotyonok s plachem viʼbejal vo dvor. Vo dvore on uvidel gneduyu loshad.
– Tiʼ chego plachesh? – sprashivayet yego loshad.
– Ya plachu, potomu chto ochen xochu yest, – otvechayet kotyonok, – no zabiʼl, kak po-koshachi poprosit. – Ne plach, – govorit loshad, – ya tebya nauchu, kak nado prosit. Skaji: “Giʼ-giʼ-giʼ…” – i tebe srazu dadut yest.
– Chto tiʼ! Kotyata ne rjut, – zaplakal pushʼe prejnego kotyonok i pobejal dalshe.
Na lujayke on vstretil chyornuyu korovu.
– Tiʼ chego placheshsya? – sprashivayet yego korova.
– Ya plachu, potomu chto zabiʼl, kak prosyat yest, a ya ochen goloden.
– Podumayesh! Stoit iz-za etogo plakat. Skaji: “Mu-u-u!” – i tebe srazu dadut yest.
– Ax, net! Kotyata ne miʼchat. Oni govoryat po-drugomu, – skazal kotyonok i pobejal v pole.
Usliʼxala ovsa, chto kotyonok plachet, i sprashivayet:
– Tiʼ chego plachesh, kotyonok?
– Ya zabiʼl, kak koshki prosyat yest, – tverdit svoyo kotyonok.
– Idyom, ya tebya nauchu, – skazala ovsa. – Skaji: “Me-ye-ye!” – i tebe srazu dadut yest.
– Net, net! – zakrichal kotyonok. – Eto tolko ovsiʼ bleyut. Kotyata govoryat po-drugomu.
I on pobejal obratno k domu.
U zabora kotyonok uvidel beluyu kuritsu.
– Chego tiʼ plachesh? – sprashivayet yego kuritsa. Kogda kotyonok skazal yey, pochemu on plachet, kuritsa
stala yego uteshat. – Seychas tebe dadut poyest. Skaji tolko: “Kudax-tax-tax”, – skazala ona.
– Net, chto tiʼ! Kotyata ne kudaxchut, – zalilsya slezami kotyonok, – a kak oni govoryat, ya pozabiʼl…
I on pobejal dalshe.
No tut viʼshel iz izbiʼ chyorniʼy kot i skazal:
– Odin ya tebe skaju, kak nado golodnomu kotyonku poprosit yest. Poydi v kuxnyu k xozyayke, kotoraya seychas sedit moloko v kriʼnki, i skaji: “Myau!”
– Vot eto verno! – obradovalsya kotyonok. – Tak i tolko tak prosyat yest!
On pobejal v kuxnyu i jalobno stal prosit:
– Myau-u-u!
Devochka ponyala, chto kotyonok silno progolodalsya.
– Bedniʼy kotyonok! Pochemu tiʼ seliʼy den molchal i ne napomnil mne, chto tiʼ xochesh yest?
I malenkaya xozyayka nalila kotyonku moloka v misochku. Kotyonok viʼlakal moloko i bolshe uje ne zabiʼval, chto nado govorit, kogda zaxochesh yest. “Myau, – govorit on, – myau-u-u!”
Isaak Kipnis.
https://saviya.uz/ijod/nasr/sozini-unutgan-mushuk-ertak/