Haydar XORAZMIY
Umr chu qatʼ etti adam manzili,
Soʻzga raqam urdi qalamning tili.
Soʻz guhari bilguchi sarrofi roz,
Boʻldi bilig natʼida mansubi boz.
Jilva qilib soʻz nasaqi ichra zavq,
Shavqu talab boʻyni uza soldi tavq.
Ishq bu hangomada urdi nido,
Gʻaybu shahodatqa yoyildi sado.
Ilmu mahal tobtiyu, qildi zuhur,
Shuʼla urib partavidin soldi nur.
Qut ichida nekim erdi nihon,
Barcha bu qudrat bila boʻldi ayon.
Soldi adad soyai taxrorini,
Sifrgʻa topshurdi oʻz izhorini.
Boʻldi adad snfr oʻti lomii,
Sifr boʻlib jifr evining jomii.
Nuqta bilan nuqta topib imtizoj,
Qoʻydi alif farqina shohona toj.
Tushgach alif qomatining soyasi,
Topti ham-ul soyani hamsoyasi.
Toj alif, nuqta alif zillini,
Ismi alif lom alif maʼnini.
Boʻldi bu bir nuqta muammoyi gʻayb,
Nuqta nekim nuqtai tugʻroyi gʻayb.
Nuqta boʻlib harfqa sifrul xitob,
Harf boʻlib nuqtagʻa ummul-kitob.
Abjadi taʼrif qilib izdivoj,
Maʼrifat arqomina berdi rivoj.
Ayladi imlo nazari koʻzga koʻz,
Doira birla ulonib soʻzga soʻz.
Ulfat ila bega ulandi alif,
Vuquʼsidin qofiya topti radif.
Maxzani asror bu ramz erdi, bil,
Notiqa bu koʻzgudin oʻrgandi til.
Mundin uloshildi murattab tomom
Sifr safi ushbu durur vassalom.
Oqil muni ilmu odam dedi,
Barcha uluq ismdin aʼzam dedi.
Oqil agar soʻz bila soʻzni yopar,
Orif oʻshul soʻzda oʻzini topar.
Ulki bilur soʻz guhari qiymatin,
Soʻzda topar soʻzlaguvchining otin.
Ahli nazar shevasini soʻz bilur,
Nuri basar mevasini koʻz bilur.
Soʻz koʻzidur ulki koʻrar holni,
Oʻz soʻzidur ulki soʻrar qolni.
Soʻzda koʻzu soʻzlaguchida nazar,
Yoʻq esa soʻz koʻzlaguchida xabar.
Zohiru botin xabari soʻzdadur,
Oʻzgada yoʻq, har neki bor oʻzdadur.
Ul kishikim topmadi soʻz ganjini,
Qildi habou hadar oʻz ranjini.
Kimki nazar manzaridin yumdi koʻz,
Qoʻymadi meros oʻzidin gʻayri soʻz.
Umri garonmoya chu boʻlgʻay talaf,
Soʻz durur soʻz dunyoda qolgʻay xalaf.
MUSANNIFNING VASFUL-HOLI
Bir kecha gʻam birla edim hamnafas,
Munisu damsozim ul erdiyu bas.
Koʻz yoshidin boda, bagʻirdin kabob,
Durdi dilim nuqlu figʻonim – rubob.
Qaydagʻi andeshalarim joʻsh urub,
Bir yoʻli boshdan-ayoq ogʻoʻsh urub.
Ohi jigarsoʻz sunub dasti zoʻr,
Nolai dilsoʻz qilib sharri shoʻr.
Siyna pur az dardu balo xonidin,
Ser boʻlib oʻz yuraki qonidin.
Dard sepib eski jarohatgʻa tuz,
Shoʻrishu shoʻrobasi tinmay hanuz.
Shamʼ sifatlik yurakim shuʼlazan,
Dud – boshimda, oyoqimda – lagan.
Jon tilamay bir yoʻli tan sihhatin,
Oʻylaki tan goʻru kafan suhbatin.
Koʻzuma keng dunyo boʻlib tangu tor,
Roʻzi qiyomatni koʻrib oshkor.
Har damu har lahza bir oʻtqa yonib,
Gʻoyati yoʻq otash bila oʻrtanib.
Oʻt ichida qaqnusi bechoravor,
Nolai jonsoʻz tuzib sad hazor.
Har nafasohang qilib bir navo,
Dunyoda har lahza solib yuz sado.
Umr oʻtub koʻrmayin uyquda tush,
Nolalarimdin uyumay qurtu qush.
Charxi falak tashna boʻlib qonima,
Dunyai dun qasd qilib jonim-a.
Sabr bynosini bakulliy buzub,
Hosili yoʻq umrdin ummid uzub.
Toyiri andesha urub bolu par,
Fikr ayoqi birla kezib xushku tar.
Goh malak avjida tayron etib,
Goh falvk burjida sayron etib.
Goh tilab dardi dilima davo,
Goh soʻrub ranju gʻamima shifo.
Men bu dam tosa bilan tamsanib,
Gʻayrat achiq ustida berdi nahib.
Necha bu besabrliq, ey nosabur,
Er kerak emgak bila tobsa huzur.
Bandu balo dunyoda erga tushar,
Muncha balo er kishiga ne boʻshar.
Er esang erdek yuraging tishlagin,
Kechgan eranlarning ishin ushlagin.
Tut gʻamu mehnat bila koʻnglungni xush,
Oqil esang marhamu darmoning ush!
Omi sifat boʻlma farogʻatparast,
Xas bikin boʻl oyoq ostinda past.
Sabr ila Ayyubqa hamdast boʻl,
Juraʼsining sarqutidin mast boʻl.
Sidq namozin qilur ersang ado,
Yusufi Siddiqqa qil iqtido.
Ahlu balo silsilasindin naxust,
Masnading asbobini qilgʻil durust.
Gar yuraging sust esa, meʼdang zaif,
Boʻlma san ul shevalik elga harif.
Maʼnisi yoʻq lofni qoʻy, ey fuzul,
Raqsga shoyista degul beusul.
Qissa uzun qilma, koʻtarma alam,
Tort bu daʼvi raqamingʻa qalam.
Zarra kimu kunga havodorliq,
Sen kimu ul durga sazovorliq.
Loyiq emassen bu sharaf burjina,
Mushtari boʻlma bu guhar durjina.
Moya qani kim tilasang sudini,
Bilsang ishing gʻoyati behbudini.
Yoʻlgʻa qadam qoʻymaki, begonasen,
Silsila tebratmaki, devonasen.
Chunki eshittim bu buzurgona soʻz,
Tushti vujudimgʻa bir oʻt oʻzdin-oʻz.
Telbaligim tutti dimogʻim yoʻlin,
Toʻlgʻadi bu nagʻma qulogʻim yoʻlin.
Tortti avval poyai hushyorliq,
Jon koʻzina surmai bedorliq.
Atsa urib notiqa mustaʼjali,
“Yarhakamaolloh”, – dedi jon tili.
Bosh chiqarib ishq koʻngul jaybidin,
Boshladi soʻz nusxai loraybidin.
Zavqu havas tilga ravonliq berib,
Soʻz damina ruh fishonliq berib.
Garchiki andisha otin surdi raxsh,
Fikr bu tarkibga bogʻladi naqsh.
Arodakim tushti bu gulbong tez,
Notiqa “labbayk” urib qildi xez.
Maʼnii bikr oldi yuzindin niqob,
Jilva qila boshladi xush behijob.
Jomi sabuhiy qilibon rafʼ sharm,
Soqiyi gʻayb ayladi hangoma garm.
Tushti harobat ichida hoyu hoʻy,
Soldi mening koʻngluma bu guftugoʻy.
Men tagʻi mastona chogʻim chogʻladim,
Soʻz yuzin ochtimu belim bogʻladim.
Yoydim ulus ichra bu jomi safo,
Ikki jahon xalqina urdum salo.
Kimgaki bor ishtahi, ettim halol,
Qursogina tushti bu jomi zulol.
Hazm qilo bilmasa koʻb yemasun,
Kuch bila halvoni achchiq demasun.
Menki bu niyat bila urdum qadam,
Jon tamuri uchini qildum qalam.
Xos koʻngul naqdidur ushbu ramuz,
Gʻavsda koʻrsatma guharni ujuz.
Aql tengiz erdiyu andisha – kon,
Oʻrtasida gavhari maʼni nihon.
Jon tishi birla qozib ul konni,
Qildim oʻzum gʻavs bu Ummonni.
Ul kishi qoʻygʻay chu Nizomiy bu ganj,
Qozgʻana olgʻay guhari dast ranj.
Yoʻq esa har muflisu bedastgoh,
Hech topa bilgaymu bu maxzangʻa roh.
Ganj iyosi kon ila daryo kerak,
Jumlai asbobi muhayyo kerak.
Bersa nekim izdasa har javhari,
Xarj bila oʻksumasa gavhari.
Har nechakim sochsa, yana qilsa joʻsh,
Bahrasidin boyisa javharfurush.
Gar tilasang sayʼ bila bu sifat,
Sayʼing erur zarrai bemaʼrifat.
Er nazarindin ochilur er koʻzi,
Er nafasi birla yurur er soʻzi.
Hukm bila donada bordur shajar,
Fasligʻa keltursa yegaylar samar.
Toʻkmasa dehqon araqi poyi bel,
Mevasining foydasin topmas el.
Tarbiyatu saʼy qilur bogʻbon,
Toza boʻlur meva berur boʻston.
Ul kim erur ruhu Qalimu Xalil,
Tobmadi bevositai Jabrail.
Yoʻlni qulovuz birla topsa boʻlur,
Ramzni hikmat bilan topsa boʻlur.
Pir dami yetsa qurugʻan oʻluk
Ruh topibon tirilur bilguluk.
Ulkim erur nashʼu namosiz jamod,
Bogʻlamagʻay nomasigʻa eʼtimod.
Garchi qilur tabl oʻzidin xurush,
Lek urar tosh qozon oʻrtuqli joʻsh.
Ki dagʻi bordur uluq bolu par,
Bormu humo xosiyatindin asar.
Ulkim urur lof bu daʼvi bila,
Rost kerak daʼvisi maʼni bila.
Avval anga muʼjizatek soʻz kerak,
Yo koʻrubon anglagʻutek koʻz kerak.
Soʻz bila ham boʻlsa ne boʻlgʻay edi,
Mendin ochun soʻz bila toʻlgʻay edi.
Soʻzda kerak maʼniyu maʼnida zavq,
Soʻzlaguchida soʻz uchun dardu shavq.
Oragʻa kirsa mahaki imtihon,
Soʻz iyori boʻlur uldam ayon.
Bu ne fusun, bu ne afsonadur,
Bu ne un nagʻmai mastonadur.
Tutti jahon zamzamai Haydariy,
Toʻldi sado gunbazi nilufariy.
KITOB YOZILISHINING BAYENI
Eyki bu maʼnida talabgorsan,
Tebran agar voqifi asrorsan.
Borgʻanicha yoʻldur uluqdin uluq,
Boshdin-oyoq kelguliku borgʻuluq.
Garchi senga asru yiroqtur bu dam,
Ragʻbat etar boʻlsang erur bir qadam.
Qilgʻin eranlartek oʻzungni fido,
Oshiqu Majnungʻa yetar bir sado.
Gʻaflat ishin aql etarsenki ne?
Nukta bila naql bitarsenki ne?
Urma oʻz olinda bu devor kaj,
Sotma iyor ahlina meʼyor kaj.
Ishq etagin qoʻyma, agar borsa bosh,
Boshni qochirmagʻil agar yogʻsa tosh.
Durr koni qimmatki, butundur sadaf
Kon ichida laʼlgʻa bormu sharaf.
Shisha agar qilmasa shabnamni band,
Sehr ila koʻrgaymu edi u gazand?
Ulkim, erur ishq bila tiynati,
Netsun anga jonu jahon ziynati.
Ulkim erur hamnafasu ruhi pok,
Tan taqi birla boʻlurmu halok.
Ulkim erur zavq ichida maskani,
Talh etabilgʻaymu kudurat ani.
Ishq fidosina balodin ne gʻam,
Sarzanishu javru jafodin ne gʻam.
Eykim, ishing yoʻq bu malomat bila,
Ket yoʻlunga xayru salomat bila.
Gʻoliya sevguchi dimogʻing qani?
Anbari soroni netar gulxani?
Sudin agar urksa sahro qushi,
Su bilur mavjni daryo qushi.
Dard kerak jondaki koʻrgay safo,
Meʼda kerak toki singurgay balo.
Suvgʻa baliq, oʻtqa samandar kerak,
Gʻamgʻa muhibb, dardgʻa Haydar kerak.
Ey, kim, erur qursogʻing usru zaif,
Borki bu majlisda dagulsen harif.
Eyki, qoʻyarsan ayogʻing yoʻlda chab,
Bu yoʻl erur boshtin-ayoq, bulajab.
Qoʻrqar esang qilma oʻzingga sitam,
Yoʻqki bosh ustinda boʻlur ul qadam.
Yoʻlda turur yuz mahaki imtihon,
Zaxmi parokandayu nishi nihon.
PULINI YUQOTGAN KISHI HIKOYATI
Forsda bir forisi chobuksuvor,
Shahr ichida qilur erdi guzor.
Foʻtasida bogʻligʻ edi necha
Futa bila soldi yoʻl uzra,
Xulqi farovon edi-yu, ammo yoʻl,
Kelgan izi birla talay yondi ul.
Yoʻlgʻa chorlattiyu urdi navid,
Tobmayin ul naqdini uzdi umid.
Dedikim: – Ey qodiru parvardigor,
Borchaning asrori sanga oshkor.
Tobmasun ul necha diramdin nasib,
Sayyidu muftiyu faqiru gʻarib.
Ul dam ochirgʻandi ango bir fuzul
Kim, bu kishilar erur ahli qabul.
Dunyo bular birla erur obodon,
Boʻlmasun ul toifadin boshqa jon.
Sen ne sabab birla bu soʻzlar deding,
Hech nima ul elga ravo koʻrmading.
Dedi: bu yarmogʻin iturgan faqir,
Qoʻy bu nasihatni, degul dilpazir.
Sayyid olib xumsqa qilgʻay hisob,
Mufti evurgay masala behijob.
Toki agar tobsa faqiru gʻarib,
Gʻaybdin erdi desalar bu nasib.
Omii sodiq dili parhezkor,
Tobsa oytgaykim, ey parvardigor.
Bizga halol et, iyasina savob,
Dunyoda-oʻq har-birina oʻn javob.
Xarj qilib evda yarogʻi bila,
Yegay oni oʻgʻli ushoqi bila.
MAVʼIZA
Bilgil, ayo kosibi sohib ayol
Kim, sanga erlikda eranlik halol.
Ulki tuzar sharʼi bila dunyoni,
Tengri habibim deb aytti oni.
Rostliq ustida tarozuni tuz,
Rostliq asbobini saqla toʻkuz.
Egri ozar, toʻgʻri oʻzar, ey falon,
Tuzluq et, tangrini koʻr dar miyon.
Rost, kerak odamigʻa eʼtiqod,
Egri kishi tobmadi hargiz murod.
Arratek et bazl keyin ilgari,
Tesha bikin yoʻnma oʻz-oʻzing sari.
Boʻlma xaridor bila saxt roʻy,
Qilma zabunlargʻa qatiq guftu goʻy.
Yaxshi-yomon kim, ne kerak bir bil,
Shayxdin ayrugʻini tazvir bil.
Har neki sotsang bukun, ey hushyor,
Ham sanga-oʻq sotqay ani roʻzgor.
Ul kishilarkim, bu doʻkon tuttilar.
Sudini sarmoyadin oʻksuttilar.
Boʻlmagʻil oʻzdin gʻanilargʻa hasud,
Oʻzgaga sogʻinma ziyon, oʻzga sud.
Tengri nekim bersa rizomand boʻl,
Berganiga qoneu xursand boʻl.
Boʻlma ujuz olib ogʻir sotquchi,
Unga kebak, sirkaga su qotquchi.
Har kim erur yigʻmogʻ uchun qahtxoh,
Vorisi meros olur avval gunoh.
Ulki gʻani, ulky tavongar emas,
Qismatidin ortiqu oʻksuk yemas.
Bergan olur, kiyganu yegan qolur,
Ortugʻini dushman alina solur.
Soqla amonat bila oʻrtoq haqin,
Ortuq avjlama doʻkon tuproqin.
Xojaki ortuqsi tamaʼ qilsa sud,
Moyasidin yuvgʻay ilik zud-zud.
Xojakim oʻrtoqliq, etar ixtiyor,
Boʻlsa kerak borkashu pardador.
Oʻlmasa oʻrtoqliq ichinda fireh,
Bogʻlamasa kishida ogʻrini gireh.
Odamigʻa tajriba doya etar,
Rostligʻ er oʻgʻlina moya etar.
BOʻZ TOʻQUVCHI KAMPIR VA BAZZOZ HIKOYATI
Kufada bir piri laduniy sabaq,
Sayr eta bozorga qoʻydi ayaq.
Maʼni bila ganj, vale tangdast,
Tim ichida kirdi-yu qildi nishast.
Xojai bazzoz anga roʻ-baroʻ,
Bilguvchi savdo ishini moʻ-bamoʻ.
Ollida har jinsdin ajnosi xos,
Oʻzgadin oʻzgacha topib ixtisos.
Sarf qilib umr tijorat bila,
Qilni yorar erdi basorat bila.
Toki oʻshul hol ichida bir ajuz,
Boʻyi iki qat boʻlib, arqosi koʻz.
Boʻyi boshi raʼsha bila beqaror,
Dam urushi, yoʻl yurishi murdavor.
Ne koʻzida nuru, ne ogʻzinda soʻz,
Dunyosidin qoʻynida bir vusla boʻz.
Boʻzni bu bazzozgʻa berdikim: – Ol!
Harne baho boʻlsa, ilgima sol!
Koʻrdi bu bazzoz boʻzini ochib;
Purgʻuradi bir necha tukuk sochib.
Kim momugʻi pastu ipidir yoʻgʻon,
Boʻzchi oshuqub ne kerak toʻqugʻon.
Toʻngʻa yaramaski, boʻyatsa kishi,
Yuvsa xud onjoq erur aning ishi.
Koʻnglaku ishtongʻa chu loyiq degul,
Harna baho birla muvofiq degul.
Qaysi xaridorgʻa boʻlsun pisand,
Qayda topoyin munga men bir lavand.
Xoja soʻzina qilibon eʼtimod,
Kesdi ajuz oʻz toʻmasidin umid.
Dedikim: – Ey xojai sohibkaram,
Charxi falak gardishidin yema gʻam.
Tulmenu bechorayu sohib ayol,
Ojizu miskinu parokanda hol.
Saʼy qilib berdum ikki hafta jon,
To sanga kelturdim ani bu zamon.
Bir suruk oʻgʻlon ushoqum xoru zor,
Yoʻlgʻa boqib telmurodur intizor.
Harna desang tengriga soldum sani,
Har ne baho boʻlsa uzotqil mani.
Gaz bila ham kelturib ul boʻzni kam,
Berdi anga xoja bir-ikki diram.
Tortib ayoq ustida turluk malol,
Yiqla-qoʻpa oʻz evina bordi zol.
Bilguladi boʻzni ul abdoli roh,
Koʻz uchidin yosh tutib kiynaxoh.
Keldi boʻz olmogʻa birov nogahon.
Dedi kim: – Ey xoja, ravon boʻl, ravon!
Boʻz kerak andoqki katondin fireh,
Boʻlmagʻay andin bu jahon ichra beh.
Inchka, nozik dogʻi hamvoru pok,
Boʻlmasun ipligindin hech aybnok.
Xoja ne boʻz bersa xaridor yana,
Ayblar aytur boʻzining barina.
Xoja ayittikim: – Uzatma soʻzung,
Boʻz berayin koʻrmamish avval koʻzung.
Kim momugʻi pilladin ortuq zarif,
Ipligi katon ipidin ham latif.
Puxtayu hamvor toʻkulgʻon boʻzi,
Koʻrmak arusidin origʻroq yuzi.
Koʻrmas egoch boʻldi xaridor lol,
Tobladi-yu, qildi bahosin savol.
Urdi bahosini tengizdin terang,
Sotti oʻshul boʻzni katon birla teng.
Piri muhaqqaq koʻrib ul turlu hol,
Keldi sotiqchi qoshina bemalol.
Dedi: – Bu sanduq ichida, ey falon,
Bergil ijozat, kirayin bir zamon.
Kim tilasang saʼy bila sarbasar,
Tobmagʻaysen dunyoda mendin asar.
Zohiru botin bila oshufta men,
Moʻmin egach kofiri nuhufta men.
Muncha savomeʼgʻaki qildim guzor,
Saʼy bila tobmadi naqdim iyor.
Har necha kezdim bu uluq dunyoni,
Qutbi mukammal seni koʻrdim, seni.
Boʻzkim erdi momugʻi xud besafo,
Ipligi betobu oʻzi boʻryo.
Senkim ango bir nafas etting nazar,
Boʻldi katondin ham dogʻi moʻtabar.
Kim momugʻi bila teng oʻldi yipak,
Suftaligʻi rovshanu hamvortak.
Lol boʻlib xojai oshufta dil,
Qoldi xijolat evinda munfaʼil.
Jazb qilib tobti muammo kushoy,
Urdi nekim hosilina pushti poy.
MAVʼIZA
Emdiki bozor erur garmu tez,
Sudu ziyonida boʻl, ey subhxez.
Kom bila tobsang dogʻi bozorni,
Bir yoʻli kuydurma xaridorni.
Xojaki ortuqsi tamaʼ qildi sud,
Moyasidin yuvgay ilik zud-zud.
Ey kim ulustin yoshurursen hisob,
Muhtasib urtukli qilur ehtisob.
Harnakim oʻksutsang olur chogʻda tarx,
Arz kuni borchani tengshar bu charx.
Gʻayb miyonchisi chu hozir turur,
Barcha tafovutqa avaz tekurur.
Ulki berur mevaga bu taʼmu rang,
Koʻrmasu bilmasmu tarozuda sang?
Ulki berur koʻzga bu nashʼu namo,
Koʻzchiga bilmasmu nedur muddao.
Oʻrtadadur kif nuql kifi,
Qalbni kimdin yoshurur sayrafi.
Arpa ekib, bugʻdoy ururman tegan,
Koʻrmaduk oshlugʻichini bugʻdoy yegan.
Tuz boʻlibon tilni tuzuklukda och,
Tushsa dagʻi tesha yemas tuz yigʻoch.
Odamigʻa yaxshi qiliqtur bihisht,
Yetti tamugʻdin batar ul xoʻi zisht.
Sud koʻrub qilma ziyoning unut,
Sudni savdoda ziyon birla tut.
Xayr etagina uzun tut qoʻlung,
Moʻru malahdin ayama sorqutung.
Jomda sharbat nechakim boʻlsa kam,
Yerga toʻkar jurʼani sohib karam.
Har necha toroji xazon koʻrsa raz,
Yerga toʻkar atlasu iksuni xaz.
Xushtur eronlarga karam davlati,
Ulsa dogʻi oʻlmas emish himmati.
HOTAM TOI HIKOYATI
Qofilai bir arabdin magar,
Qildi bani Toy hashamina guzar.
Yoʻl ozikib oʻtkali qoʻrqushtilar,
Hotami Toy turbatina tushdilar.
Qofilaning oʻrtasidin bir fuzul,
Dedi: – Qim-ey Hotami sohib qabul.
Dunyoda nomus ila qilding maosh,
Yaxshi oting boʻldi karam birla fosh.
Chun sanga mehmonbiz, ey sohib karam,
Har nechuk et, bizni ogʻirla bu dam.
Soʻzladiyu turbatina tikdi koʻz,
Rost hanuz ogʻzinda erdi bu soʻz.
Kim, tevalarinda semizroq biri,
Boʻldi saqat koʻrgin eranlar siri.
Boʻldi yigit soʻzlaganidin xijil,
Qoʻp tegura boshladi Hotamgʻa til.
Kim karamin koʻrga bu holi bila,
Ioʻlchin ogʻirlar kishi moli bila.
Xalq tedi: – Xoja tiling bogʻlagʻil,
Qoʻy bu fuzulluqni adab soqlagʻil.
Ul kecha alqissa ne kim xosu om,
Yedilar ul bisrak etini tamom.
Chun yorudi subhu sahar urdi dam,
Tikdi Xoʻtan xisravi oltun alam.
Boqsa yiroqtin koʻrinur bir gʻubor,
Chiqti arosindin bir ushtur suvor.
Yel kibi jomozasini yeldirub,
Bir sara bisrak teva yondoshtirub.
Ayri yoʻq oʻlgan tevadin bir tuki,
Et bila etmak toʻla bisrak yuki.
Qofila xalqiki muni koʻrdilar,
Qelmagining kayfiyatin soʻrdilar.
Dedikim: – Ushbu kecha Hotam oʻzi,
Kirdi tushumizga yosharib koʻzi.
Bizga xabar berdiki, bir mehmon,
Keldiyu mandan tiladi bazla xon.
Bir teva burch oldim alardin dedi,
Ul tevaning belgularin soʻzladi.
Bizni oshuqturdiki, ham dar zamon,
Tong boshida koʻchqusidur karvon.
Hech nimaga boqmay itikrak surung,
Ul tevasining oʻzina yetkurung.
Koʻrdi egin ul teva uchun malol,
Uzr, qoʻlungkim manga qilsun halol
MAVʼIZA
Ulki saxovottin urur boʻlsa dam,
Koʻrguzur erlikda saboti qadam.
Jumlai mazhabda saxiydur Vali,
Barcha saxiylarning imomi Ali.
Tengri azaldin beri ochmish bu xon,
Unga yuzu yuzga mingu birga oʻn.
Kimki bir eksa, oʻzi ming topar,
Barcha maoyibni saxovat yopar.
Buxl aziz odamini xor etar,
El koʻzida it kibi murdor etar.
Ulki tilar xayr uchun dastgoh,
Sen ani bilgilkim emas xayrixoh.
Emdiki kechmas qaro puldin koʻngul,
Ganj togʻi tobsa sen apdin toʻngul.
Boy degul sen diraming bor esa,
Faqir gʻanidur karaming bor esa.
Muflisi ozoda gʻanimoya boʻl,
Yoʻqki yilonlar (ni) yigʻnab doya boʻl
Yarim ayoq oshki toparsan nasib,
Yarmini berki yesun bir gʻarib.
Meʼda tamugʻikim erur dushmaning,
Toʻymagʻusidur agar ichsa qoning.
Har nimaki tong tilaki yurt uchun,
Oʻzdin oʻgʻurlab oʻzungga bergu un.
Sarf qil ortuqini sarrof esang,
Dardin dafʼ ayla agar sof esang.
Chun qaro tufroqdin erur noguzir,
Tanga ne atlas, ne katon, ne harir.
Har necha tun boʻlsa toʻra oʻpranur,
Upramagʻan xulqu karam toʻnidur.
Ulki bu xilʼatqa sazovor erur,
Talab kishi Haydari karror erur.
Odam atongʻonga muruvvat kerak,
Orifuomi(gʻa) futuvvat kerak.
Sarvtek ozoda boʻlu rostkor,
Yo oʻriku olma bikin mevador.
Nafʼ tekur barchagʻa yomgʻur bikin,
Yo tengiz oʻrtasida joʻmdur bikin.
Bordiru bermas, ne yedurur, ne yer.
Oʻzi bila goʻrgamu eltur, ne der?
Erdi Sulaymon bu ulus sultoni,
Budur ulus, soʻrki Sulaymon qoni?
Yigʻdi Faridun hashamu molu ganj,
Neni olib bordi bajuz dardu ranj.
Gar oʻzin onglatmasa bu xonasoʻz,
Ertagilar demagay erdi boʻgʻuz.
Xor qilur erni boʻgʻuzung gʻami,
Shum boʻgʻuzin boʻgʻsa, uzor odami.
Charxki, qon birla tilar gardishin,
Qoʻymagʻay el koʻngli uchun oʻz ishin.
Gardu gʻuboriki sochar yer yuzi,
Bir qarosochning yuzidur yo koʻzi.
Sunbuli tarkim sochar, ul mushki nob,
Toki ne soch rangidin oldi xizob.
Koʻrdi qaro yerda sanamlar yuzin,
Nargis oʻshal surmadin ochti koʻzin.
Kimki nechuk yigʻdi aningdek qoʻyar,
Ortiq usurgan qusar, itlar toʻyar.
Olmoqu bermak bila xushtur jahon,
Olgʻinu berginki, budur quti jon.
MAVʼIZA
Mulk erur dilbaru sohib jamol,
Ey xush agar tobmasa erdi zavol.
Bir necha kun dunyoda jon xushlugʻi,
Saltanat erur bu jahon xushlugʻi.
Xush koʻrinub el ichida eʼtibor,
Kom dilu kavkabau ixtiyor.
Yigʻmoq uchun barcha talabgor erur,
Qoʻymogʻu ketmak ishi dushvor erur.
Yigʻsa boʻlur duzd nihon boʻlmasa,
Dilkash erur bogʻ xazon boʻlmasa.
Xush nimadur umri baqosi qani?!
Shoxu gado birla vafosi qani?!
Davlatu izzat erur, ey xoja bosh,
Oqibatul amr buzarlar maosh.
Garchi xush oyanda erur molu joh,
Boʻlmasa, ey doʻst, maolingda choh.
Koʻrmakka xushtur bu yigitlik guli,
Kelmasa soʻngra qariliq gʻulgʻuli.
Dunyoda kim kuldi xush, ey hushyor,
Kim soʻngida yigʻlamadi sad hazor.
Qaysi koʻngilkim nafas urdi shod,
Yelga sovurdi kulini tundbod.
Kim, yotibon tinch evinda bir zamon,
Kim shabixun urmadi ushbu jahon.
Tsbragali bu falaki tunxoʻ,
Toʻqtamayin evrulodu bosh quyu.
Muncha tuman qonki toʻkar beqiyos,
Toʻymadiyu toʻlmadi bu yetti tos.
* * *
…Bogʻla bu vayronadin, ey pir, raxt.
Qilma tiriklikni oʻz-oʻzunga saxt.
Pir tagʻayyur bila qildi itob,
Silkib, achiq ustida berdi javob.
Bizki bu yoʻl ustida oʻtkuchi biz,
Uyla kelduku yana ketguchi biz.
Menki rahm javfida erdim chunin,
Ne sen eding anda, ne ruhul amin.
Rizq iyosi yozu kuzu yo qish,
Vositasiz qildi meni parvarish.
Ulki yonar oʻtni guliston qilur,
Emdi togʻi qish sovuqini bilur.
Faqru fano davlatida ul gʻani,
Qilmadi muhtoj senga, toki mani.
Gar tamaʼ etsam senga sendin batar,
Rizq dominda kezayin darbadar.
Ey bu siyah hol ichida shuhrarband,
Oʻgʻri kibin boshdan-ayoq dar kamand.
Har soʻngaking bandida yuz ming gireh,
Silsilau bandu zireh dar zireh.
Toki ajal kelsa nechuk qilgʻosen,
Qoy birini qatʼ qilo bilgʻosen.
Keldi bu soʻz shohgʻa behad ogʻir,
Tiyra boʻlib dedikim: – Ey toshbagʻir.
Sanki, qilursan manga bu sarvanish,
Sen nechuk oʻlgʻaysan agar tushsa ish.
Pir tabassum qilibon urdi joʻsh,
Toʻtisi uchtigo qafas qoldi boʻsh…
Shoh boʻlib soʻzlaganidin hijil,
Qoʻbtiyu ketti evina munfaʼil.
MAVʼIZA
Bu ne damu bu ne sifat jon berish,
Bu ne yurumak, bu ne oson yurish.
Oʻzgalarga oʻxshamas abdol ishi,
Hargiz alar tavrina yetmas kishi.
Sharbati – xunoba, gʻizo – dardu ranj,
Surati vayronayu maʼnisi – ganj!
Garchi kezar chirkinu uryon oʻzi,
Lafzi iboratsiz ayitqon soʻzi.
Anglasa har ramzida ming sirri bor,
Kim, bilur ul ramzni juz birubor.
Bir dame Iso damidin choshni,
Kim, teshar olmas bikin toshni.
Koʻktagilar titrar alar zarbidin,
Surma qilurlar ayogʻi gardidin.
Hamdamiyu hamnafasi bori ishq,
Ham atosi, ham anosi yori ishq.
Peshalari zahmatu sidqu vafo,
Shevalari himmatu zavqu safo.
Ilmu amal bahsu jadaldin ketib,
Moʻminu kuffor bila sulh etib.
Mahv koʻngul lavhidin alo-valo,
Tay qilibon pok kati-ul samo.
Holotu tomot alardin majol,
Moliyu mustaqbal alarga chu hol.
Dars ichida Xizr bila hamsabaq,
Jue evida Iso bila hamtabaq.
Mazhari oyati kalomi Karim,
Mazhari axloqi sifoti qadim.
XORUN BILA BAHLUL HIKOYATI
Bir kecha Xorun bila Bahluli mast,
Boʻldi xilofat evida hamnishast.
Dedi xalifakim: – Ayo piri roh,
Taxt iyosi tojvari besipoh.
Oʻzga yalang tutma ayogʻing izi,
Hayf bu davlatni topar yer yuzi.
Surma qilur arsh izing tufroqin,
Kafsh kiyu qilma toboningni qin.
Gul yuzini qilma tikon birla nesh,
Kafsh kiyu qilma taboningni resh.
Pir dedi: – Kafshni kim saqlasun,
Kim ayogʻim kafsh bila bogʻlasun?
Dedi xalifa: – Berayin qul sanga,
Saqlamaga kafshni tobshur anga.
Pir dedi: – Ey shohi oliy najod,
Qorni ochib ne yesun ul nomurod.
Dedi xalifa: – Berayin toʻshasin,
Yaxshi mayin qilayin goʻshasin.
Soʻzladi Bahlul javobi fasih:
– Kafsh netar arsh yurushluk Masih
Ulki aloyiqni qilibtur taloq,
Anga taalluq bila ne ittifoq?
Muncha alomatqa bir kafsh uchun,
Surfa qilurmuki elinsam kuchun.
Kafshim erur ushbu yorilmish tabon,
Xilʼatim ush eski yamoqliq chapon.
Toji xilofat – bu parokanda soch,
Meʼda – vazir, ul togʻi payvasta och.
Olami ashboh mening kishvarim,
Zomiri arvoh mening lashkarim.
Taxtgohim eski ziyorat boshi,
Masnadu farmish ulular mafrashi.
Gʻayb tajallisi hamogʻushi noz,
Ishq murabbiysi nigohdori roz.
Juʼ evida kashfi haqoyiq jalis,
Samt ichida halli daqoyiq anis.
Faqrda hamxirqa Masiho bila,
Jamʼ qilib qatrani daryo bila.
Bahr kibi mavjzan alo xamush,
Ganjtek eginda vale xok poʻsh.
MAQOLOT
Necha bu gofil, koʻngul oxir uyon,
Koʻzungni och, bir togʻi boqqin buyon.
Oʻldung esa vaqtidur emdi tiril,
Soʻzga ketur bor esa ogʻzingda til.
Tashna esang bir oyoq ol, noʻsh qil,
Sen tagi joning bor esa, joʻsh qil.
Yelday peshohang minib sorbon,
Yukladi shabgir bila korvon.
Yoʻlp yomon choʻldiru manzil yiroq,
Necha yukung boʻlsa, yengil yaxshiroq.
Har kim erur taqviyu toat bila,
Boʻlsa kerak faqru qanoat bila.
Hirsu havas, nafsu havo boʻynin uz,
Faqru qanoatni rizo birla tuz.
Nafsni haq berganiga rozi et,
Ul amolini oʻzina qozi et.
Itligi tutsa soʻngak oldinda qoʻy,
Qiynaki, yemak bu turur, yoyu toʻy!
Ul kibi doim tilasa koʻngli qut,
Sen togʻi assor sifat ishga tut.
Bir-bir etib xayri namolliqlarin,
Olinda qoʻy barcha yamonliqlarin.
Gar xud esang poʻladu shahvatparast,
Eski yomonliq bila sil poybast.
Koʻz yumub orqangda yurutur chu nish,
Hargiz aning rayi bila qilma ish.
Muncha yil odam chogʻidin to bu dam,
Barchagʻa boziy beradur yakqalam.
Toʻkti u boʻkang ichagingning qonin,
Doʻst sogʻindingmu otang dushmanin.
Koʻrguzur oʻzin kishiga mehribon,
Koʻz yumub ochquncha qilur qasdi jon.
Odamiyot yogʻi yarogʻin bilur,
Evdagi dushmangʻa ne tadbir qilur,
Hiyla bila oliyu aldogʻi koʻb,
Makru dagʻo toʻni bila boʻyi xoʻb.
Goh ibodat bila tushqay yoʻlung,
Vaʼzu nasihat bila tutqay qoʻlung,
Shuʼbadalar birla etib chashm band,
Bergay ul ish birla sanga rishxand.
Berdi esang evda anga ixtiyor,
Qolmadi bir javcha senga eʼtib©r,
Barcha evingni oʻziga munkatur,
Oʻzga qachon hech kishini sangatur.
Otki yurur yozida yoyoʻ qishi,
Uqlamagʻuncha tutolmas kishi.
Nafsni qilgʻil hamul ottin tamnz,
Saqlama ul yozida asru semiz.
Ot semizi bir dobon oshqach harar,
Eti yaroq boʻlsa yurishga yarar.
Boʻlsa riyozat bila nafsing yiroq,
Yoʻl kishisira qani andoq uloq.
Olding esa nafs elindin inon,
Borki, saning boʻldi bu ikki jahon.
Ul kishilarkim bu uloq mindilar,
Barcha yoʻl emgaklaridin tindilar.
Koʻz yumub ochquncha kezib yer yuzi,
Oʻz yeridin tebramagantek oʻzi.
Bormu bu tan markabidin yaxshiroq,
Naqa ayoqliq kishi boshliq biroq.
Hech kishi koʻrgaymu jahon xalqida,
Xoja yayoq kezgayu, ot yilqida.
Bilgin, ey solik, muni, bas bilgulik,
Barcha ibodat boshidur bu suluk.
Etma har ish qilmoq uchun yer kerak,
Yer (bu) turur ishlamakka er kerak.
Yoʻl budur oxir qani devonaye,
Yoʻlga qadam urgʻuchi farzonaye.
Ursa harifona badou shinoxt,
Ikki jahon naqdina bir taxtu baxt.
Har baloga solmasa oʻz gavharin,
Saqlasa oʻz poyasida langarin.
MAQOLOT
Ey sharaf ichra ikki olamgʻa toj,
Yetti falak masnadungga, bir davoj.
Taxti xilofatgʻa sazovor sen,
Doirai nuqtai pargorsen.
Himmating ul yergaki silkar etak,
Ajz ila loilmalano der, malak.
Aql esa sendursen aning maxzani,
Ishq esa joningdur aning maskani.
Andaki sen yoʻq eding, ey jon-jon,
Hech nima ham yoʻq edi, bilgin ayon.
Xilqat asosindagʻi bu toru pud,
Vosita sen boʻldingu tobti vujud.
Har ne taayungaki jon berdilar,
Hosilini senda nishon berdilar,
Ism desam, ayn musammosi sen,
Zot desam, harfi muammosi sen.
Qutu qanoat yoʻlidin olti kun,
Kavnu makon boʻldi bu ikki ochun.
Qirq saboh ustida hikmat eli,
Qildi xamir ushbu vujuding gili.
Olami sugʻro senu kubro – budur,
Durri samin sen-senu daryo – budur.
Sendadur ul ganjki, topmas oʻzung,
Sen senu sen gʻofilu koʻrmas koʻzung.
Bir nafas oʻzung bila mashgʻul boʻl,
Mashgʻulalardin bori maʼzul boʻl.
Fikr ayogʻi birla safar qil dame,
Gʻayb qazosina guzar qil dame.
Qaydaki yetsang oʻtu boʻlma muqim,
Kim erur andin bori nozu naim.
Sayʼ qilib har necha borsang yiroq,
Har biridur bir-biridan yaxshiroq.
Bilkim erur sayru suluk asli bu,
Ushbu safar sonidadur tagʻnamu.
Avd qilib tobsang oʻshul sayrdin,
Anglagʻosenkim bu uluq dayrdin.
Sen senu sen maqsadu maqsudu bas,
Sendin erur borchasi mavjudu bas. ’
Sen toʻlun oysenu tuningdur chu migʻ,
Vahki, oʻzungni tanimassen darigʻ.
Shishani solgʻilki usholsin tamom,
Koʻrgan ichinda ne qolur, vassalom,
Shom nafas chektiyu subh urdi dam,
Qoldi aro yerda shafaq muttaham.
Zulfini kesti buti xurshidroʻy,
Toʻldi majolis ichida guftugoʻy.
Bogʻladi ul gʻamza aro yerda roh,
Boʻldi yalgʻon kishidin bojxoh.
Qildi nido gulyan ichida nasim,
Zilzila-tul soati shayun azim.
Menki nazora bila soldum nazar,
Koʻz uchidin boqtimu qildum guzar.
Soʻzda iturdim xabarin anglamay,
Harfda topdim oʻzuni tinglamay.
Sen dogʻi himmat bila urgʻil qadam,
Sayru suluk ichra koʻtarma alam.
Himmat ul erga nazarlar qilur,
Xor sogʻinmaki asarlar qilur.
MAQOLOT
Bir nafas ey, dunyo ishidin malul,
Oqil esang qil bu nasihat qabul.
Siynada savdo urugʻin ekmagin,
Himmat etagindin ilik chekmagin.
Hech nimaga tegmasang, ey doʻst, dast,
Himmat ayogʻinda boʻl, ey doʻst, past!
Er kishiga himmat agar boʻlsa yor,
Oqibatul-amr murodin topor.
Er kishi emgakta tetikroq boʻlur,
Shisha necha sinsa itiqroq boʻlur.
Qolmas oyoq ostida durri yatim,
Qimmati oʻksurmu necha sinsa siym?
Tegsa butun laʼldin elga futuh,
Sinsa muffarihduru tafrihi ruh.
Oʻtqa yoqar anbari soroni shoh,
To isidin toza boʻlur borgoh.
Kuymasa majlis ichida shamʼ shom,
Boʻlmas edi mehrga qoyim maqom.
Kimgakim esh boʻlmasa pesh uftod,
Hech kishi hech ish bila topmas kushod.
Tajribasiz ermudir, ey hamnafas,
Tajribadur erga murabbiyu bas.
Har gʻalat er oʻgʻliga bir pand erur,
Oʻz gʻalatin bilsa xiradmand erur.
Er kerak oʻz jaʼdasini yozmasa,
Borsa taqi yoʻlgʻa, yonib ozmasa.
Gʻaflat oʻlumdur, taqi navmid oʻluk,
Gʻofilu navmid nedur bilguluk.
Oqil esang boʻlgʻil umid ustida,
Sud bil, ey doʻst, qasid dastida.
Har necha kunkim falak etgay sitez,
Qilma zabunlar kibi azmi gurez.
Shuʼbadalar gʻaybta bordur nihon,
Bir chogʻi birla kima qoldi jahon.
Qilma biluklik bila koʻnglungni resh,
Kim, biladur xoru gulu noʻshu nesh.
To harakat qildi falak gardishi,
Qolmadi jovid gʻam ichra kishi.
Ayn hayotikim erur ul ayon,
Xizr berur zulmat ichinda nishon.
Har gʻamu mehnatki koʻrinur gazand,
Yaxshi koʻrar boʻlsang erur sudmand.
Mehnat evindagi jigarxorlar,
Faqr yoʻlindagi talabgorlar.
Dard yoʻlinda qoʻyungiz ustivor
Sabru tahammul qadamin rostvor.
Begʻalat etmaki budur rohi rost,
Men netayin toki nedur anga xost.
Har neki tahqiq boʻlubtur mango,
Barchasini bir-bir ayittim sango.
Qobil esang yaxshi qabul et nafas,
Maqbulu muqbilgʻa bir harfi bas!
SOʻNGGI SUZ
Andaki bu azm ila yoʻndum qalam,
Shoh duosi bila urdum raqam.
Ochtim aning madhina bu yaxshi fol,
Fotihasi xotimagʻa keldi dol.
Boʻldi maonida koʻngul naqshband,
Jon tilp gulbongni qildi baland.
Jilva qila boshladi rozi nuhuft,.
Xotiram andesha bila boʻldi juft.
Nomai sarchashmasina tushdi joʻsh,
Bulbuli mahbus koʻpardi xurush.
Ganj eshigin ochti inoyat qoʻli,
Boshladi tavfiq hidoyat yoʻli.
Ganjnishin orifi sohib sarir,
Ganjuchining kunjidan urdi safir.
Tashnasifat boʻldim ayogʻinda past,
Juraʼsidin qildi dimogʻimni mast.
Bu qaro tuproqqa qilib jurʼarez,
Lutf bila tutti qoʻlumniki, xez!
Turk zuhuridur ochunda bu kun,
Boshla uluq yir bila turkona un.
Rost qil ohangi “Navo”yu “Hijoz”,
Tuz yotugʻon birla shudurgʻunni soz.
Turk surudini tuzuk birla tuz,
Yaxshi ayolgʻu bila koʻkla qoʻbuz.
Soʻzda mening tavrum erur dilpisand,
Tabʼgʻa gulqand kibin sudmand.
Men bitigan xat bila yoʻngʻil qalam,
Men yurugʻan yoʻl bila urgʻ’il qadam.
Chiqma izimdinkim, erur jaʼda rost,
yoʻl yurumak bor esa koʻnglungda xost.
Naqd seningdurki,sazovorsen,
Ganjni sen soqloki bedorsen.
Arsada sen-sen bugun, ul shahriyor
Kim, sanga berduk barimiz ixtiyor.
Sendin adab birla bu bel bogʻlamoq,
Bizdin adab qoidasin saqlamoq.
Sendin ayoq bosmoqu bizdin nufus,
Tengridin ilhomu hunardin julus.
Chun nazari gʻayb yorutti chirogʻ,
Partavidin boʻldi munavvar dimogʻ.
Topti koʻngul kulbasi nuru safo,
Berdi hunar taxtina nashʼu namo.
Menki pishurdim bu laziz oshni,
Shayx Nizomiydin olib choshni.
Shayx Nizomiy damidin jon topib,
Maʼnisidin yorligʻu burhon topib.
Qoʻptim esa, oʻpti elimni bilig,
Ganjfishonliq bila ochtim ilig.
Keldim etaklab guhari shohvor,
Qilsa qabul oʻz qoʻlidin shahriyor.
Joʻbsali boʻlsa sochayin ancha dur,
Oʻylaki boʻlsun yetti iqlima pur.
Dunyoda chun Haydari sohib hunar,
Kim, javodi muncha tuganmas guhar.
Harneki qozgʻandimu yigʻdim tamom,
Qildim olib siypagʻuchigʻa harom.
Oshin ichib oʻtini soʻndurmangiz,
Sufra boshidin iyosin surmangiz.
Mol iyosindin ayamang bir duo,
Fotiha takbir yiboring mango.
“Gulshan ul-asror”dan
https://saviya.uz/ijod/nazm/sozga-raqam-urdi-qalamning-tili/