SOʻZ TURKUMLARI — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda «soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari» deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmagan Soʻz turkumlari Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, taslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir.
Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi.
Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va b.) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi.
Hoz. maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-a. da Aristotel St. ni 7 ga, mil. av. 5-a. da hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-a. larda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni «ism» termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-a. larda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hoz. rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi.
Ad.: Oʻzbek tili grammatikasi [2 j. li], 1j., T., 1975; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Revzi na O. G., Revzin I . I ., Lingvotipologicheskiye issledovaniya, voʻp. 2, ch. 2, M., 1975.
Ibodulla Mirzayev, Neʼmat Mahkamov.