SOʻZ SHAKLI

SOʻZ SHAKLI — muayyan grammatik shakldagi muayyan suzni bildiruvchi termin. Nutq birligi boʻlmish suz qamma vaqt (yaʼni nutqda) muayyan maʼno va vazifani bildiruvchi shaklga ega buladi va u soʻz shakli hisoblanadi. Bu xususiyat faqat mustaqil suz turkumlariga, shunda ham faqat ot, sifat va feʼl turkumlariga oid suzlar uchun xosdir. Bu turkumlarga oid suzlar nutqsa oʻzi mansub boʻlgan turkumga xos muayyan grammatik maʼno va vazifani voqelantiruvchi (reallashtiruvchi) shakllarda qoʻllanadi. Mac, otlar son va kelishik kategoriyasiga xos shakllardan birida (doʻstlarga — koʻplik son, joʻnalish kelishigi shakli), feʼllar nisbat, zamon kategoriyasiga xos shakllardan birida (koʻrsatdi — orttirma nisbat, oʻtgan zamon shakli) qoʻllanadi. Lekin muayyan grammatik maʼno va vazifaga ega boʻlgan soʻz nutkdan shu maʼno, vazifani qayd etuvchi koʻrsatkichsiz (shakl yasovchisiz) ham qoʻllanishi mumkin. Mac: «Stol ustidagi kitob eʼtiborimni tortdi» gapidagi «kitob» soʻzi birlik son, bosh kelishik shaklida, lekin shu maʼnolarni ifodalovchi koʻrsatkichga ega emas. Buni «nol kursatkichli shakl» deyiladi. Bularning maxsus grammatik shakl ekanligi Uziga zid bulgan, birbiriga nisbatan qaraladigan boshqa shakl (shakllar) ga nisbatan belgilanadi. Mac, yukrrida keltirilgan gapdagi «kitob» soʻzining birlik son shakli ekani «kitoblar» koʻplik shakliga nisbatan, bosh kelishik shakli ekani esa maxsus koʻrsatkichga ega boʻlgan boshqa kelishik shakllariga (mas, qaratqich — «kitobning», chiqish — «kitobdan» shakllariga) nisbatan belgilanadi, yaʼni kelishik shakli deb qaraladi.

Azim Hojiyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x