SOʻX GAZ-NEFT KONI — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoʻqon sh. dan 30 km jan. da antiklinal burmada joylashgan. 1956-y. da ishga tushirilgan. Strukturaning markaziy qismidan Soʻx daryosi kesib oʻtadi, relyefning mutlaq bal. 850—864 m. Shim. Soʻx burmasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziqdari bor. S. g. k. da 1946 — 68 y. larda 139 ta burgʻi qudugʻi qazilib, undan 59 tasidan sanoat miqyosida neft va gaz olingan. Soʻx gaz-neft koni koʻp qatlamli, gaz va kisman neft paleogen yotqiziklari gorizontlarida uchraydi; 6gorizontdagi neft uyumida gaz qalpogʻi bor. Boʻr va yura davrlari gorizontlarida ham gaz uyumlari mavjud. 2gorizont 1070—1350 m chuqurlikda ochilgan. Qatlam, asosan, mayda qumtoshlardan iborat, kalirshigi 14 m, gʻovakligi 9 — 38%, gazlilik mayd. 7,7 km2, uyum bal. 240 m. Gaz zichligi 0,676 g/sm3. Barcha gorizontlarda gazning tarkibi turlicha. Neft uyumi sharqiy koʻtarilmada ochilgan, 4gorizont rishton qatlamlari orasida joylashgan, ohaktoshli, ostki qismi mayda qumtoshli. Foydali qalinligi 3 m. Gʻovakligi 2,7616,4%. Qatlam 13001420 m chuqurlikda ochilgan. Neftgazlilik maydoni 1038 ga. Neft zichligi 0,880 g/ sm3. Tarkibi (%da): asfaltenlar 0,90, aksiz smolasi 14,7, koks 2,5, parafin 7,9. Neft yengil, kam oltingugurtli (0,12%). 8gorizont buxoro qatining yuqori qismida joylashgan, qumli ohaktoshlar, gil, angidrit va qumtoshlardan iborat. Qalinligi 33 m, mahsuldor qatchalarning umumiy qalinligi 16 m, gʻovakligi 15—21% boʻlib, 1470—1590 m chuqurlikda ochilgan. Konda 1961-y. boʻr yotqiziklaridagi gaz oqimi 8gorizontning gumbaziga yoʻnaltirilgan. 1963-y. qatlamdagi bosimni bir meʼyorda saqlash uchun neft chegarasi tashqarisiga suv bostirilgan va 1964—67 y. lar davomida bosim pasayishi oldi olingan. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые