SOʻNKOʻL

SOʻNKOʻL — Markaziy Tyanshandagi Soʻnkoʻl soyligidagi koʻl (Qirgʻizistonda). 3016 m balandlikda. Mayd. 278 km2. Eng chuqur joyi 22 m. Tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan. Soʻnkoʻlni dengiz sathidan 3600—3900 m balandlikdagi Soʻnkoʻltov tizmasining unchalik baland boʻlmagan choʻqqilari oʻrab turadi. 10 ga yaqin togʻ daryosi quyiladi, lekin, Norin daryosiga (Sirdaryo irmogʻi) quyiladigan birgina Koʻkjarti daryosi oqib chiqadi. Koʻl suvida karp, osman kabi baliklarini koʻpaytirish sohasida tajribalar oʻtkazilgan. Yozda koʻlga koʻplab parrandalar uchib keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x